Gazdan zaharlanish (is gazi) borasida muhim ma’lumotlar haqida malumot
Aslini olganda is gazi hidsiz bo‘ladi. Shuning uchun undan zaharlanish vaqtida odam avval hech narsani sezmasligi mumkin. Lekin bilish lozimki, havo tarkibida is gazi 0,08 foizni tashkil etsa va bu havoni ichga yutgan odam o‘sha zahoti bosh og‘rig‘i va bo‘g‘ilishdan qiynaladi. Is gazi miqdori 0,32 foiz bo‘lganda falajlanish va hushdan ketish alomatlari kuzatiladi. Havoda bunday gaz miqdori 1,2 foizga yetganda esa odam bu havodan atigi 2-3 marotaba nafas olgandayoq hayoti fojeali tugashi mumkin. Aynan mana shu sabablar tufayli ham is gazidan zaharlanish o‘ta xavfli hisoblanadi.
Is gazidan zaharlanganda quyidagi alomatlar kuzatiladi:
- mushaklar holsizligi;
- bosh og‘rig‘i;
- bo‘g‘ilish;
- quloqlardagi shovqin;
- qayt qilish;
- alaxsirash;
- hushni yo‘qotish;
- xuruj (talvasa) quruk yo‘tal;
- nafas olishning buzilishi.
Bordiyu u hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, tinchlik va hotirjamligini ta’minlab, biror narsa bilan tinimsiz yelpib turing. Maboda hushsiz bo‘lsa, yurak sohasini tez-tez massaj qiling va “Tez yordam” yetib kelgunicha sun’iy nafas bering.
Ta’kidlash kerakki, is gazidan zaharlangan kishiga albatta dastlabki yordamni ko‘rsatish lozim. Avvalo zaharlangan odamni toza havoga olib chiqing. Bordiyu u hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, tinchlik va hotirjamligini ta’minlab, biror narsa bilan tinimsiz yelpib turing. Maboda hushsiz bo‘lsa, yurak sohasini tez-tez massaj qiling va “Tez yordam” yetib kelgunicha sun’iy nafas bering.
Yodingizda bo‘lsin, is gazidan zaharlangan kishini biror hududdan olib chiqayotganda o‘zingiz ham zaharlanib qolmaslikka harakat qiling. Buning uchun burningizni ro‘molcha yoki doka bilan bog‘lab olganingiz ma’qul. Is gazidan zaharlanishning yengil turida jabrlanuvchiga choy yoki qahva ichirgan ma’qul. Novshadil spirtini paxtaga namlab hidlatsangiz ham bo‘ladi.
Is gazidan kuchli zaharlanishda quyidagi holatlar ro‘y berishi mumkin:
- polinevrit;
- bosh miya shishi;
- ko‘rish qobiliyatining buzilishi;
- eshitish qobiliyatining izdan chiqishi;
- miokard infarkti yoki uzoq muddatli koma holatidagi pnevmoniya (zotiljam).
O‘zingiz va yaqinlaringizning hayotini xavf ostiga qo‘yishni istamasangiz gaz manbalarini zinhor nazoratsiz qoldirmang. Uydan ko‘chaga chiqish oldidan albatta xonalarni ko‘zdan kechirishga odatlaning.
© «Sihat-salomatlik» jurnali.
Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
- Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
- Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
- Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
- Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
- Nashatir spirtini hidlatish;
- Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
- Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
- Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.
Kasalliklar
Gazdan zaharlanish (is gazi) borasida muhim ma’lumotlar