GAZ TERMOMETR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAZ TERMOMETR haqida malumot bilib oling.

GAZ TERMOMETR — t-rani oʻlchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi V ning t-raga bogʻliqligiga asoslangan: pV=RT (R — gaz doimiysi). T-ra shkalalarini tuzish t-rani Gaz termometr vositasida oʻlchashga asoslangan. Gaz termometrdan Xalqaro amaliy t-ra shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi t-ra asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli Gaz termometrdan foydalaniladi; unda t-raning oʻzgarishi gaz bosimining oʻzgarishiga mutanosib yuz beradi. Gaz termometr vositasida t-ra 2 dan 1300 K gacha oraliqda oʻlchanadi. Bunda erishish mumkin boʻlgan aniqlik 3-10—3—2-10—z K ni tashkil qiladi.

Ensiklopediya.uz
GAZ TERMOMETR