GAZ GENERATORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAZ GENERATORI haqida malumot bilib oling.

GAZ GENERATORI (gaz… va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilgʻilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. G. g. ning transport va muqim (statsionar) turlari bor. Transport Gaz generatorida oʻtin, pistakoʻmir, antratsit va torf kabi qattiq yoqilgʻilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim Gaz generatori qizitish, pishirish va eritish pechlari oʻrnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. Gaz generatori koʻpincha ichki devorlari oʻtga chidamli gʻishtdan teriladigan shaxtadan iborat boʻladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilgʻi solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilgʻi qatlamini kolosnikli panjara koʻtarib turadi. Gaz generatorining ishi yonilgʻini yuqori t-ralarda havoda oksidlashga va suv bugʻida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bugʻkislorod aralashmasidan foydalangan holda koʻmirdan tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi;

2) suyuqlikli raketa dvigateli generator i — yoqilgʻi yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va h. k.) hisobiga qaynoq gaz (t-rasi 200— 900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos ag-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday Gaz generatorining asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.

Ensiklopediya.uz
GAZ GENERATORI