GAVDA VAZNI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAVDA VAZNI haqida malumot bilib oling.

GAVDA VAZNI (antropologiyada) , odamning ogʻirligi yoki massasi — jismoniy taraqqiyot va tan sihatlikning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. U yoshga, jinsga, boʻy-bastga, mehnat va turmush tarziga, ovqatga va tashqi muhitning boshqa omillariga bogʻliq. Gavda vazni shuncha boʻlishi kerak degan aniq bir chegara qabul qilinmagan, lekin odam yetarli va toʻgʻri ovqatlanmaganda, moddalar almashinuvi buzilganda, endokrin va asabiy-ruhiy kasalliklarda Gavda vazni kamayadi. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, koʻp terlash va pust tashlashdan (chaqaloqlarda) keyin Gavda vazni ancha kamayadi, aksari oradan maʼlum muddat oʻtgach, avvalgi asliga keladi. Ovqatga ruju qilish, badan tarbiya va b. faol harakatlar qilmaslik kishining semirib, Gavda vaznining ortib ketishiga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
GAVDA VAZNI