GARVEY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GARVEY haqida malumot bilib oling.

GARVEY Vilyam, Xarvi Uilyam (Harvey William) (1578.1.4, Folkston, Kent grafligi — 1657.3.6, London) — ingliz vrachi va tabiatshunosi. Ilmiy fiziologiya va embriologiya asoschilaridan biri. Qon aylanishi haqidagi taʼlimotni yaratgan. Xususan odam va hayvonlar gavdasida doim maʼlum miqdordagi qon berk doirada aylanib yurishini isbotlab bergan. Bu jarayonda yurak asosiy rol oʻynashini koʻrsatib, yurakdan qon arteriyalar orqali chiqib, venalar orqali qaytishini aniqlagan, yurak har gal qisqarganda chiqadigan qon miqdorini belgilagan. Umrining oxirgi yillarida hayvonlarning individual rivojlanishini oʻrgangan. Epigenez nazariyasini birinchi boʻlib taʼriflab bergan.

Ensiklopediya.uz
GARVEY