G’aroyib doktor aqsh seriali haqida to’liq malumot oling

G’aroyib doktor aqsh seriali haqida to’liq malumot oling

Teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Doktor Xaus haqida suratga olingan “Xaus” seriali ijodkorlari tomonidan yaratilgan (Xoroshiy doktor / The Good Doctor) “G‘aroyib doktor” teleseriali jahon kino auditoriyasida katta qiziqish uyg‘otdi.

garoyib doktor aqsh seriali haqida 1

g’aroyib doktor aqsh seriali

Ushbu serial global qidiruv tarmoqlarida 98% ovoz bilan eng ko‘p qidiruvga berilgan bo‘lib, autizm kasalligiga chalingan g‘ayritabiiy iqtidorga ega  Shon Myorfi haqida hikoya qiladi.  Shon Myorfining bolaligi og‘ir o‘tishga qaramasdan u o‘zidagi noyob qobiliyatni yuzaga chiqara oldi. Unda autizmdan tashqari  savanta sindromi ham bo‘lib, bu holat unga qarshi nufuzli shifokorlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan u o‘ta kuchli xotirasi va iste’dodi bilan meditsina sohasida kutilmagan muvafaqqiyatlarga erishadi.

Yosh bo‘lishiga qaramasdan San-Xose shahridagi mashhur San-Bonaventura kasalxonasining jarrohlik bo‘limiga ishga olinadi. Bu yosh jarrohga hamkasblari o‘zlarining an’anaviy bilim va tajribalari bilan qarshi bo‘lsalar-da Shon o‘zining noan’anaviy usullari bilan barchani lol qoldiradi.

Serial ijodkorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ssenariy muallifi- Devid Shor, rejissyorlar- Mayk Listo, Set Gordon, Larri Teng va Maykl Patrik, rollarni- Freddi Xaymor, Antoniya Tomas, Nikolas Gonsales, Chuku Modu, Bo Garret, Xill Xarper va boshqalar ijro etishgan.

Serialning bosh qahramoni Shon Myorfi rolida Freddi Xaymor suratga tushgan.

Seriallar haqida

Ishlab chiqarish yili

2017 (3 fasl)

Mamlakat

AQSH

Janr

drama …

sozlar

Tagline

Ishlab chiqaruvchi

Mayk Listo, Stiven DePol, Maykl Patrik Jann, …

Stsenariy

Devid Shor, Ja-Beom Park, Devid Renault, …

Ishlab chiqaruvchi

Devid Kim, Sebastyan Li, Daniel Da Kim, …

Operator

Kristofer Faluna, Jon S. Bartli, Erik Stilberg

Bastakor

Dan romer

Rassom

Jon Marsinak, Charlz M. Lagola, Maykl Joy, …

O’rnatish

Aaron Rottinghouse, Pol Fonteyn, Sandra Montiel, …

Rossiyada premera

2017 yil 29 sentyabr

Jahon premerasi

2017 yil 25 sentyabr, …

Yoshi

16+

Vaqt

41 daqiqa

Kinoteatr
G’aroyib doktor aqsh seriali haqida