G’arb va Daniya haqida
Deyarli 18 oydan beri Daniyadaman.
G’arb rivojlanishda bizdan oldinga o’tishining yagona sababi INTIZOM va VA’DAGA VAFO.
Boshqa narsada g’arb qulab, chirib bo’lgan, havas qiladigan hech narsa yo’q. Bular har doim o’zini birinchi o’ringa qo’yadi, bugun bir ishni qilishni maqsad qildimi, boshqa ishni qilmaydi agar Otasi iltimos qilsa ham(albatta istisno bo’lishi mumkin).
Agar kimgadir va’da bersa vaqtida bajarishga harakat qiladi, o’ziga zarar bo’lsa ham. Pulni hamma narsadan ko’proq yaxshi ko’radi, lekin bildirmaslikka harakat qilishadi. Yaxshi xususiyatlari faqat shu. Oila masalasida jarlikka qulashganini ko’pchiligi tushunib bo’lgan. Jamshid aka aytganlaridek chiqib bo’lmas tubanlikka tushib bo’lishgan (Suhbatlashganimizda tan olishgan).
Ajrimlar soni 50% dan ham yuqori. Qani aytingchi Inson bolasi ajrashib baxtli bo’lishi mumkinmi? Bular baxt degan tushuncha nimaligini va hayotda nima uchun yashayotganini ham unutib bo’lishgan.
Nimaga g’arb ayollar huquqi deb bong urgan Jamshid aka aytgan davrda? Chunki, oilada bitta inson topgan pul bilan yashab bo’lmagan ishlagan pulini yarmini soliqqa to’lagan va natijada ayollar ham soliq to’lasa davlat yanada boyoshi haqida o’ylagan.
Xalqga bo’lgan soliqlar juda qattiqligidan bular farzand ko’rishdanda qo’rqib qolishgan(Adashmasam Bola 18 yoshga to’lgungacha uning bank hisob raqamiga pul solish kerak. Bu yanada ko’proq ishlash kerak degani). Xalq shu darajada siquvga olinganligidan turmush qurishga ham farzand ko’rishga ham xohish qolmagan xalqda.
Xullas, g’arb hech qanday baxtli emas shunchaki bizni aldashga harakat qilishyabdi, g’arb xalqlari davlat boyishi uchun xizmat qilishgan va hozir ham shunday.
Fikrlarim tartibsiz va xato yozilgan bo’lishi mumkin, Xulosa g’arbga havas qilmaslikni tavsiya qilaman.
E’tiqodimizni, Milliyligimizni, Qadriyatlarimizni saqlaylik.
Manba:
Boshqalar
G’arb va Daniya haqida