GAP haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAP haqida malumot bilib oling.

GAP — doʻst-tengqur, hamkasblar urtasida navbat bilan utkaziladigan ziyofat, mehmondorchilik, suhbatli kechalar. Gap ishtirokchilari eng kupi bilan 20—25 yoki eng ozi 6—12 kishidan iborat «bir toʻp», «bir joʻra» bulib uyushadilar, ularning har biri «joʻra», «ulfat» deb nomlanadi. G. Toshkent, Sirdaryo viloyatlari, Fargʻona vodiysida «gap», «navbat», Oʻzbekistonning jan. viloyatlarida «gashtak» (ayrim joylarda «gapi gashtak»), Qashqadaryo viloyatining baʼzi joylarida «xalfana», Xorazm viloyatida «qator ziyofat», «utirishma», «gurung», nomlari bilan ham ataladi. Gap majlisi maʼlum kasb egalari, hunarmandlar yoki hammahalla tengqurlar oʻrtasida utkazilgan. Kosiblar, otboqar, aravakash, meshkob, buyoqchi, duradgor va h. k. alohida-alohida toʻplarga uyushgan. Oʻtmishda Oʻrta Osiyoda madaniy hordiq muassasalari boʻlmaganidan Gap dam olish va vaktni koʻngilli oʻtkazishning bir turi boʻlgan. Gap majlislari yo navbat bilan yoki oʻrtada mablagʻ toʻplab oʻtkazilgan. Oʻrtada mablagʻ toʻplab ziyofat yeyish «toʻkma» deb atalgan va, odatda, kech kuzdan to bahorgacha har kuni oʻtkazilgan. Tukma boy tabaqalar orasida (ChirchiqOhangaron, Fargʻona vodiylari) kuproq tarqalgan edi. Gap navbati kelgan jura mehmonxonaga ziyofat masalliqlarini to oʻginigacha olib kelgan. Taomlarni tayyorlash uchun joʻralar orasidan 2—3 kishi oshpazlikka belgilangan. Gapda suhbat, oʻyin, ashulalar boʻlib, odobdan tashqari gap-soʻz boʻlmagan. Kecha davomida askiyabozlik, sheʼrxonlik, turli mavzularda shirin suhbatlar oʻtkazilgan. Gapda joʻralarning soni bir mavsum uchun oʻzgarmay qolgan. Baʼzi joylarda esa toʻp tarkibi yildan-yilga oʻzgarishsiz davom etgan. Bir toʻpda Gap yegan joʻralar har qanday ishda bir-birlariga yordam berganlar, dehqonchilik ishlari, imorat qurish. toʻy, aza, quvonch va musibatda hamkor va hamdard boʻlganlar. Gap berish oʻzbek, tojik hamda ularga yaqin joylarda yoki aralash yashovchi qozoq, qirgʻiz va uygʻurlar orasida ham tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
GAP