Ganga daryosi, Hindiston

Ganga daryosi, Hindiston
ganga daryosi hindiston 65ca65220e756

/ Davlatlar / От

DO`STLARGA ULASHING:

Ganga daryosi, Hindiston 🇮🇳

Gang daryosining toʻyinishi turlicha baland togʻlardagi qor, Himolay togʻlaridagi muzlik va quyi qismi musson yogʻinidan suv oladi. May—sentabr oʻrtalarida toʻlib oqadi. Avgust — sentabr oylarida suv sathi 10–12 m ga, baʼzan 15 m gacha koʻtariladi. Gangning oʻrtacha suv sarfi 13 ming m³/sek., quyilish yerida 38 ming m³/sek. Gang (Brahmaputra daryosi bilan birgalikda) sersuvligi jihatidan yer sharida Amazonka va Kongodan keyin 3-oʻrinda turadi. Ganga okeanga yiliga oʻrta hisobda 350 mln. t ga yaqin oqiziq keltiradi. Quyilish joyidan Hardvar shahrigacha (1450 km) kema qatnaydi. Gangning xoʻjalikdagi ahamiyati juda katta. Gang va uning irmoqlarl boʻyida Ollohobod, Banoras (Varanasi), Patna, Agra, Dehli, Kalkutta kabi yirik shaharlar joylashgan. Gangdan ayniqsa, oʻrta oqimida sugʻorishda foydalaniladi. Gang hindlarning muqaddas daryosi.

Ganga daryosi, Hindiston