GAMMA-TERAPIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAMMA-TERAPIYA haqida malumot bilib oling.

GAMMA-TERAPIYA, kyuriterapiya — gamma nurlar taʼsirida davolash; nur bilan davolashning bir turi. G.-t. ning bir necha xili farq qilinadi: distansiyey G.-t. maxsustelegamma-terapevtiv moslamalarda amalga oshiriladi, bunda gamma-nurlar manbai sifatida radioaktiv kobaltdan (koʻproq qiziloʻngach, oʻpka va b. aʼzolarning chuqurroq joylashgan oʻsmalarida) foydalaniladi; applikatsio n usulda radioaktiv gammapreparat bevosita oʻsmaga (teri va teri osti yogʻ qavatidagi) qoʻyiladi; toʻqimalar orasiga G.-t. oʻtkazilganda nurlantirish manbai (igna, granulalar) oʻsmali toʻqima (pastki lab, yonoq, yutqin va b. aʼzolar shilliq qavati raki)ga yuboriladi; boʻshliqlararo G.-t. — G. t. ning bu xilida radioaktiv modda tabiiy boʻshliklar (qiziloʻngach, bachadon, toʻgʻri ichakning xavfli oʻsmalari)ga yuboriladi; radioxirurgik usulda jarroxlik usuli nur berish bilan birga qoʻllaniladi. G.-t. kasalxona sharoitida maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
GAMMA-TERAPIYA