GAMMA-SPEKTROMETR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAMMA-SPEKTROMETR haqida malumot bilib oling.

GAMMA-SPEKTROMETR — gammanurlanish energiyasini oʻlchaydigan asbob. Magnitli, kristall (difraksion) va ssintillyatsion G.-s. koʻproq ishlatiladi. Magnitli G.-s. ikkilamchi elektronlar (tepki elektronlar, foto-elektronlar, elektron-pozitron juftlar)ni tazushl kilishda ishlatiladi. Magnitli G.-s. ning turi — gamma-godoskop elektronlar trayektoriyasi va energiyasini aniklaydi. Kristall G.-s. ning ishlashi kristall panjarada u-nurlanish difraksiyalanishiga asoslangan. Kristall G.-s. gamma-nurlanish energiyasini juda toʻgʻri oʻlchaydi, lekin tuzilishi murakkab boʻlgani uchun kam ishlatiladi. Gamma-kvant moddaga yutilganda paydo boʻladigan ikkilamchi elektronni ssintillyatsion G.-s. qayd qiladi. Bunday G.-s. ning ajrata olish qobiliyati magnitli va kristall G.-s. nikidan kichik, lekin sodda va ishlatish qulay boʻlgani uchun koʻp qoʻllaniladi. G.-s. yadro reaksiyalarini va elementar zarralarni qayd qilishda, metallurgiya va h. k. sohalarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GAMMA-SPEKTROMETR