GAMILTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAMILTON haqida malumot bilib oling.

GAMILTON (Hamilton) Uilyam Rouan (1805.4.8, Dublin — 1865.2.9, Dansink) — irland matematigi va mexanigi. Irlandiya FA prezidenti (1837-y. dan), Dublin un-ti astronomiya rasadxonasi prof. va direktori (1827-y. dan). Kompleks sonlar nazariyasining aniq rasmiy bayonini bergan. Oʻziga xos sonlar sistemasi — kvaternionlar deb ataluvchi toʻrt birlikli (1, i, j, g) sistemani tuzdi (1843). Shu sistema toʻgʻrisidagi nazariyasi vektorlar analizi taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Gamilton variatsion usulni (eng kam taʼsir prinsipini) mexanikaga tatbiq etdi (rus matematigi M. V. Ostrogradskiy ham mustaqil ravishda aniqlagan). Bu prinsip mexanik va fizik jarayonlarning differensial tenglamalarini keltirib chiqarishda asosiy vositalardan hisoblanadi (q. Ostrogradskiy — Gamilton prinsipi).

Ensiklopediya.uz
GAMILTON