
GAMETANGIY haqida malumot bilib oling.
GAMETANGIY, gametadon (gametalar va yun. angeion — joy, idish) — 1) baʼzi oʻsimliklarda gametalar hosil boʻladigan bir yoki koʻp hujayrali jinsiy organ. Ayrim tuban oʻsimliklarda (mas, ulotriksdoshlaraa) Gametangiy oddiy vegetativ hujayradan iborat. Gametangiy koʻpchilik qoʻngʻir va qizil suvoʻtlar, tuban (oomitsetlar) va yuksak (askomitsetlar, bazidiyamitsetlar) zamburugʻlar hamda arxegonial oʻsimliklar uchun xosdir. Yuksak oʻsimliklarda gametalar maxsus aʼzolar — anteridiy (erkak gameta hosil boʻladigan) va oogoniy yoki arxegoniylarda (tuxum hujayra hosil boʻladigan) yetiladi;
2) baʼzi zamburugʻlardagi koʻp yadroli hujayralar.
Ensiklopediya.uz
GAMETANGIY