GALSHTAT MADANIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALSHTAT MADANIYATI haqida malumot bilib oling.

GALSHTAT MADANIYATIjez va ilk temir davri arxeologax madaniyati (taxm. mil. av. 10—5-alar). Oʻrta Yevropaning jan. qismi, xususan, Avstriya, Yugoslaviya, Chexiya, Slovakiya va Germaniya hududlarida keng tarqalgan. 1846-y. Galshtat sh. (Jan.-Gʻarbiy Avstriya) yaqinidan topilgani uchun shu nomni olgan. Galshtat madaniyatini yaratganlar illiriy va kelt qabilalari boʻlgan. Ularning hayotida dehqonchilik asosiy oʻrin egallagan, yer xaydashda omochdan keng foydalangan. Galshtatliklar, shuningdek kulolchilik, tuz, mis va temir qazib olish, savdosotiq bilan mashgʻul boʻlishgan. Aholi yarim yertoʻla va yogʻoch uylarda yashashgan. Temirdan zeb-ziynat buyumlari va qurollar ishlangan. Ilk Galshtatda temir va jezdan ishlangan xanjar, oybolta, iskana, pichoq, paykonlar kup uchraydi. Jangchilarning bosh kiyimi jezdan qilingan, sovutlari teridan ishlanib, jez bilan qoplangan. Ayollar qoʻl va oyoqlariga bilaguzuklar, boʻyinlariga fil suyagi, shisha va jezdan yasalgan munchoklar taqishgan. Topilmalar ichida feruza koʻzli munchoklar, metall idishlar uchraydi.

Ensiklopediya.uz
GALSHTAT MADANIYATI