GALOGENSIANLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALOGENSIANLAR haqida malumot bilib oling.

GALOGENSIANLAR, siangalogenidlar, umumiy formulasi XCN — sianid kislotaning angidridlari (bu yerda X — galogen atomi; xlor, brom, yod yoki ftor boʻlishi mumkin). Rangsiz, uchuvchan zaxarli birikmalar. Galogensianlar suvda qisman, spirt, efir va b. organik eritmalarda oson eriydi. HCN yoki NaCN suvdagi eritmalariga galogenlarni taʼsir ettirib, ftorsian esa CF2=NHhh 420—450° da vakuum ostida piroliz qilib olinadi. Xlorsian gerbitsidlar va boʻyoq sanoatida, brom va yodsianlar organik sintezda, xususan nitrillar olishda qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GALOGENSIANLAR