GALOGENEZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALOGENEZ haqida malumot bilib oling.

GALOGENEZ (yun. hals — tuz, genesis — paydo boʻlish) — arid zonalaridagi shoʻr suv havzalarida bugʻlanish natijasida oson eriydigan tuzlarning choʻkishidan tuz uyumi hosil boʻlish jarayoni. Tuzli eritma nihoyatda shoʻr (hatto tuz kristallari bor) boʻlib, rapa deb ataladi. Tarkibi va tuz toʻplanishining navbatlanishi havzadagi dastlabki suvning gidrokimyoviy turiga bogʻliq. Galogenez ikki bosqichdan: uzoq muddat toʻplanish konsentratsiyalangan namakobni asosiy zaxirasi toʻplanadi; qisqa — namakoblardan oson eriydigan tuz choʻkindilari hosil boʻladi. Hosil boʻladigan minerallar va xarakterli elementlarga koʻra karbonatli. sulfatli va xloridli Galogenez boʻladi. Havzani toʻyintiruvchi suvning kelib chiqishiga qarab kontinental va dengiz G. maʼlum. Dengiz G. Yer rivojlanishi tarixida katta rol oʻynagan. Galogenez uchun quyidagi sharoitlar zarur: arid iqlim, havzani suv bilan intensiv taʼminlanish imkoniyati; tuz choʻkishi uchun doimiy bir tekis boʻlmagan botiqlikning boʻlishi. Galogenez jarayoni natijasida faqat tuz qatlamlarigina emas, balki Yer qaʼrida oʻta konsentratsiyalangan namakoblarning asosiy zaxirasi ham hosil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
GALOGENEZ