GALO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALO haqida malumot bilib oling.

GALO (frans. halo, yun. halos — Quyosh yoki Oy gardishi) — atmosferada sodir boʻladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan patsimon qatlamli baland bulutlarda yorugʻlikning sinishi va qaytishi natijasida roʻy beradi. Galo koʻpincha yorugʻ rangdor doyra, doyra yoyi, yorugʻ ustunchalar, dogʻlar va b. shakllarda Kuyosh yoki Oy atrofida kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
GALO