GALENIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALENIT haqida malumot bilib oling.

GALENIT (lot. galena — qoʻrgʻoshin rudasi) , qoʻrgʻoshin yaltirogʻisulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. G. 86,6% qoʻrgʻoshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida koʻpincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va b. qoʻshimchalari boʻladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari koʻrinishida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 2 — 3. S. og. 7,4—7,6. G. oʻrta va past t-rali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va b. bilan birga uchraydi. Nuraganda Galenitning yuzasi oksidlanib serussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shim. Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primorye), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Avstraliyada xamda, Afrika qitasida yirik konlari bor. Oʻzbekistonda Nurota, ChatqolQurama togʻlari va b. joylarda konlari maʼlum. Asosan qoʻrgʻoshin olinadigan ruda. Tibbiyotda va boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GALENIT