GALDAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALDAN haqida malumot bilib oling.

GALDAN, Galdan-Boshoqtuxon (1645—1697) — Oyrat xonligi hukmdori (1670-y. dan) Botur Xuntoyjining oʻgʻli. Markazlashtirilgan Oyrat xonligidagi hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizgan, 1640-y. dagi Mongol — oyrat qonunlarini toʻlgʻizgan. 1672-y. dan Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlar olib borgan. Galdan 17-a. ning 70—80-y. larida Sharqiy Turkistondagi xonliklarni oʻziga tobe etgan. 1688-y. Xalxa (Shim. Mongoliya) hokimlari bilan boʻlgan urushda gʻalaba qozongan. 1690-y. dan Oyrat xonligini bosib olmoqchi boʻlgan Manjurlar imperatori Kansiga qarshi urush olib borgan. Kansi qoʻshinidan yengilgach, zahar ichgan.

Ensiklopediya.uz
GALDAN