Galavit ukoli to’liq malumot oling

Galavit ukoli to’liq malumot oling

Galavit ukoli

📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar

Tarkibi:

Farmatsevtik substantsiya: aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®) – 50 mg, 100 mg.

📝 Preparatning savdo nomi: Galavit®

🧬 Farmakalogik guruhi:

immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita.

💉 Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

🧪 Ta’rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kristall kukun.

👉 Qoʻllanilishi:

Kattalarda va 12 yoshdan boshlab bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida: me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;virusli gepatitlar;gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;odam papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;infektsion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit);kichik chanoq a’zolarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar;operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, saramas;astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobiliyatini pasayishi (shu jumladan sportchilarda), alkogolga va narkotik qaramlikdagi ruxiy, xulqiy va postabstinent buzilishlar;markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklari;nerv tizimining degenerativ kasalliklari;og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradont kasalliklari.

Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda monoterapiyada: me’da-ichak yo‘llarining intoksikatsiya va/yoki diareya bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklari;surunkali urogenital infektsiyalar, shu jumladan qaytalanishlar orasidagi davrda klinik remissiyani tutib turish maqsadida immunoreabilitatsion tadbirlarni o‘tkazishda.

6 yoshdan oshgan bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida: yiringli xirurgik kasallliklar (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);Nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit).

Dorixona
Galavit ukoli