GALAS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALAS haqida malumot bilib oling.

GALAS — Ruminiyadagi shahar, Dunay daryosining chap sohilidagi dengiz kemalari kira oladigan port. Galas judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 307,4 ming kishi (1990). Yilnomalarda 14-a. dan tilga olingan. Xalqaro savdo markazi sifatida 16-a. dan maʼlum. T. y., dengiz, dare, avtomobil va quvur transporta yoʻllarining muhim tuguni. Yirik metallurgiya markazi. Metallsozlik va mashinasozlik, jumladan kemasozlik, q. x. mashinasozligi z-dlari, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, yogʻochsozlik, qurilish materiallari va lak-boʻyoq korxonalari bor. Chetga q. x. mahsulotlari va yogʻoch-taxta chiqaradi. Galas orqali mamlakatga temir rudasi, koks, paxta, asbob-uskuna va b. keltiriladi. Galas baliq sanoati rivojlangan r-nning markazi. Oliy oʻquv yurtlari, madaniyat saroyi, muzeylar bor.

Ensiklopediya.uz
GALAS