GADOLINIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GADOLINIT haqida malumot bilib oling.

GADOLINIT (fin kimyogari Yu. Gadolin nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Y2Fe22+Be2[0(SiO4)]2. Monoklin singoniyali. Kam tarqalgan, prizmatik kristallar, yaxlit donachalar. Rangi qora, qoʻngʻir, koʻkimtir-qora, baʼzan rangsiz. Yaltiroqligi mumsimon. Qatgikligi 6,5—7. S. of. 4,0—4,7. Topaz, flyuorit, kassiterit, sirkon, granat, ortit, fergusonit minerallari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda G. Chatqol-Qurama togʻlaridagi granitoidlar va pegmatitlar, Gʻarbiy Oʻzbekistondagi rudali skarnlar (Ingichka)da uchraydi. Gadolinit konlari Rossiyada Kola ya. o. da (Keyvi), Italiyada (Baveno), Norvegiyada (Iveland) va AQSHda (Lyako) topilgan. Berilliy va ittriy olinadigan ruda.

Ensiklopediya.uz
GADOLINIT