Gabriel Garsia Markes hikmatlaridan
Ilhom faqat ish vaqtida keladi * Atrofimizda shunday ajoyib, fantastik narsalar bor. Yozuvchilar esa ahamiyatsiz, kundalik voqealarni behuda tasvirlab o‘tirishadi. * Baxt davolashi mumkin bo‘lgan narsani davolaydigan dori yo‘q. * Jilmay! Tashvish-mashaqqatlar rohatlanishiga yo‘l qo‘yma. * Uzoq kutayotgan yana ozgina kutishi mumkin. * Men boy emasman. Men puli bor kambag‘alman. Ikkalasi boshqa-boshqa tushuncha. * Odam bir martagina dunyoga kelmaydi, hayot uni qayta-qayta yangidan tug‘ilishga majbur etadi. * Odamning urushdagi hislarini tasvirlashga birgina “qo‘rquv” so‘zi yetarli bo‘lib turganda, shuncha so‘zni uvol qilishning nima keragi bor? * Oilaviy hayotda mayda g‘idi-bidilardan ko‘ra katta halokatlardan qutulish osonroq. * Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat yo‘q. * Kerak bo‘lmay qolgan vaqtdagina bilim va aql bizni yo‘qlab keladi. * O‘tgan baxtli kunlar haqida alam va afsuslanishlarsiz o‘ylay olish – juda g‘alati xususiyat. * Hamma narsaning joni bor. Faqat uning qalbini uyg‘otish kerak, xolos. Orif Tolib tarjimasiGabriel Garsia Markes hikmatlaridan
DO`STLARGA ULASHING:
Gabriel Garsia Markes hikmatlaridan