G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko: Kimyo. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun
Ushbu maqolada kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushunchalar hamda ushbu metodlarning o’quvchilarda kuzatilgan samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
Kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimnazarova Yulduzxon Botirovna
Ushbu maqolada kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushunchalar hamda ushbu metodlarning o’quvchilarda kuzatilgan samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Rahimnazarova Yulduzxon Botirovna
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasida interfaol metodlardan foydalanish
Mehribonlik uylari badiiy to’garaklari faoliyatida tarbiyalanuvchilararo totuvlik tuyg’usini shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim metodlari
Fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va steam texnologiyasi
Musiqa madaniyati darslariga pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
CONCEPT OF METHODS AND TECHNIQUES OF CHEMISTRY TEACHING
This article discusses the concepts and methods of teaching chemistry and the effectiveness of these methods in students.
Текст научной работы на тему «Kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha»
KIMYO O’QITISHNING METODLARI VA USLUBLARI HAQIDA
Rahimnazarova Yulduzxon Botirovna Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani, Yaypan shahri, 1-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushunchalar hamda ushbu metodlarning o’quvchilarda kuzatilgan samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: umumiy metodlar, dogmatik metod, ilyustrativ metod, evristik metod, texnika.
CONCEPT OF METHODS AND TECHNIQUES OF CHEMISTRY
Rahimnazarova Yulduzxon Botirovna Ferghana region, Yaypan town, School №1
Abstract: This article discusses the concepts and methods of teaching chemistry and the effectiveness of these methods in students.
Keywords: general methods, dogmatic method, illustrative method, heuristic method, technique
Kimyo o’qitishning metodlari, shakllari, manbalari o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o’qitish nazariyasining eng muhim bo’limlari sanaladi.
O’qitish metodi falsafiy nuqtai – nazardan ta’lim jarayonida ta’lim mazmunini harakatlantirish shakli bo’lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo’lib hisoblansa, o’qitish metodlari o’rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo’lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni o’rganish metodlari va o’qitish metodlari mavjud.
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarga ta’lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat.
O’qitish metodi – o’qituvchi rahnamoligida o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo’lib hisoblanadi. Kimyo o’qitish metodikasining o’ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular;
1. Kimyo o’qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan.
2. O’quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o’stirishga qaratilgan bo’lib, moddaning aniq xossasi o’zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar
fikr yuritishga o’quvchilarni o’ylashga olib keladi. Har bir metod ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa o’sha yerda o’sha jarayonda qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
Metodlar o’zining qo’llanilishi bilan ham o’quvchilarni tarbiyalaydi.
Shu sababli o’qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e’tibor berishi kerak.
Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
1) O’qitishning qonuniyatlari va prinsiplari.
2) O’qitishning maqsad va vazifalari.
3) Shu fan mazmunining hamda o’rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi.
4) Maktab o’quvchilarning o’qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari).
5) Tashqi sharoitning o’ziga xosligi.
6) O’qituvchining o’z imkoniyatlari.
O’qitish metodlarining tuzilishi har xil bo’lib, ular ma’lum jarayonning takomillashuvi bilan to’xtovsiz ravishda o’sib boradi. Bu o’sish jamiyatda madaniyat darajasini o’sishiga bog’liq. Shu sababli o’qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil O’zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo’yilgan maqsadga intilish, o’z bo’rchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o’ynaydi.
Kimyo o’qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin.
O’qitishning dogmatik metodi – o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
O’qitishning ilyustrativ metodi – o’qituvchi o’quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo’llaydi. Ular: o’qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko’rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo’llanmalari tablisalardan foydalaniladi.
O’qituvchi laboratoriya tajribalarini ko’rsatib tushuntirib beradi.
Ilyustrativ metodda o’qituvchi ayrim amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo’llaganda ham foydalanadi. Bu metod o’quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig’ilgach kengroq qo’llaniladi.
O’quvchilarda amaliy o’quv ko’nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko’rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko’rsatish amalga oshiriladi.
O ‘qitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlang’ich qismida ko’p qo’llanadi. Bu davrda o’quvchilarda ko’nikma va malakalar yetarli bo’lmaydi. Shu davrda o’qituvchi tajribalarni o’zi ko’rsatib tushintirib beradi.
Bu metoddan o’quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar.
O’qitishning evristik metodi – o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita o’qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan. Masalan, galogenlar xossalarining chog’ishtirma tavsifi mohiyatini aniqlashda qo’llaniladi.
Bu davrda o’quvchilar galogenlarning xossalarni chog’ishtirib izohlashini o’qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo’ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qo’shsak yana rang o’zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo’shib aralashtirsak kraxmal ko’k tusga kiradi. Sababini esa talabalar o’zlari izohlab berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir.
Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo’lib hisoblanadi. O’quvchi nazariy bilimlar to’g’riligini amalda sinab ko’radi. Masalan, eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.
Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o’zaro bog’liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi.
1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997
2. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. T. O’zbekiston, 1997
3. Umumiy O’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent, 1999, 3-son
4. I. N. Borisov. Ximiya o’qitish metodikasi. Toshkent, 1958.
5. Z.Azimova. “Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish” T.: 1995.
6. “Xalq ta’limi jurnali” T.1998-2005 y.
7. X.T.Omonov., M.N.Mirvoxidova. “Kimyo o’qitish metodikasi” ma’ruzalar matni. 2001.
1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997
2. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. T. O’zbekiston, 1997
3. Umumiy O’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent, 1999, 3-son
4. I. N. Borisov. Ximiya o’qitish metodikasi. Toshkent, 1958.
5. Z.Azimova. “Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish” T.: 1995.
6. “Xalq ta’limi jurnali” T.1998-2005 y.
7. X.T.Omonov., M.N.Mirvoxidova. “Kimyo o’qitish metodikasi” ma’ruzalar matni. 2001.
G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko: Kimyo. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun
Ushbu kitobda kirish imtihonlarida abituriyentlarga beriladigan kimyoning barcha turdagi nazariy asoslari, masalalar ishlash usullari hamda o‘quvchilar bilimini baholashga yordam beradigan testlar yoritilgan.
Kitob oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan umumiy o‘rta taʼlim maktablarida kimyo kursini yakuniy takrorlash va bitirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari hamda talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Tarjimonlar: Abduvohid Rahimov, Orasta Kamolova.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-7916-0-2 |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 720 |
Nashriyot | Future-Books |
Muqovasi | Qattiq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2022 |
Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish
Qiziqarli malumotlar
G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko: Kimyo. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun