G afforova T, Eshturdiyeva G. O qish kitobi: 1-sinf uchun darslik

G afforova T, Eshturdiyeva G. O qish kitobi: 1-sinf uchun darslik

7- nazorat ishi. O’qish tezligi

O’ta qiziqarli syujetga ega bo’lgan 10 ta kitob

Bu asarlar sizni dunyoda hamma narsani unuttirib yuboradi va oxirgi varaqqacha o’z qahramonlarining taqdirini diqqat bilan kuzatishga majbur qiladi.

1. “Qoplon”, Yu Nesbyo

Muhtasham Yu Nesbyo hamda undan hech ham kam bo’lmagan Xarri Xole yana ishda. Birinchi varaqlaridanoq mutolaa qiluvchi kitobxon voqealar girdobida cho’kib ketadi. Xole ismli ayg’oqchi Gonkongda depressiya bilan juda ham an’anaviy bo’lmagan tarzda kurashayotgan bir paytda, Osloda ayollarning mudhish qotilliklari sodirbo’la boshlaydi: birorta ham ekspert qanday narsa qurbonlarning jonini olganini aniqlay olgani yo’q.

Jinoyatlarning maqsadi aniq emas. Aftidan, bu jumboqning yechimini faqatgina Xarri Xole kabi dahogina topa oladi. Jinoyatchini izlash va jinoyat qurollari bu professionalni uzoq mamlakatlarga olib keladi. Odamlarga ov uyushtirish kimga kerak bo’lib qoldi, kim pismiqqina va shafqatsiz bo’lgan qoplonga aylanishga qaror qildi? Xarri Xole o’z hayotini havf ostiga qo’yib, ushbu savollarga javob topib surunkali qotilni to’htatish maqsadida ko’rinmas dushman bilan urush so’qmog’iga chiqdi.

2. “Pandemiya”, Frank Tile

Frank Tile gripp kasaligining navbatdagi shtammi pirovardida olib keladigan oxir zamonning o’z talqinini taqdim etdi. Bu kitobda hamma aralishib ketgan – odamlar, qushlar, viruslar hamda yerda o’zining tartibini o’rnatmoqchi bo’lgan darg’azab daholar.

Komissar Frank Sharko butun insoniyatning kelajagi aynan unga bog’liq ekanligini bilmagan holda tergovga kirishadi. Aniqlanishicha virus kimningdir g’alamis niyati tufayli tarqatib yuborilgan, haddan tashqari keng ko’lamdagi qotillikka esa derli politsiyaning burni ostida tayyorgarlik ko’rilgan.

O’z tinchligi va bahtini saqlab qolish uchun odamlar jamiyatidan yashirinishga urinishlarning behudaligini ko’rsatishda Tile ikkinchi syujet liniyasi — ekspert Amandina Geren tarixidan uddaburonlik bilan foydalangan.

Jo’shqinlik oxirgi varaqqacha pasaymaydi: Frank Sharko komandasi virusning manbasini topishga ulguradimi yoki insoniyat halokatga mahkum va najot yo’qmi? O’qisangiz bilib olasiz.

3. “Mahshar kunlari”, Adam Nevill

“Britaniyalik King”dan bu bestseller ilk misralaridanoq o’z domiga tortib ketadi: mustaqil rejissyor va deyarli bankrot bo’lgan Kayl Frimenga o’ta badavlat odam Maksimillian Solomondan juda manfaatli va — faqatgina birinchi qarashdan shunday tuyuladigan— oddiy taklif kelib tushadi. Vazifa bemazagarchilik darajada oson — qo’liga kamerani olib, o’ziga sodiq yordamchi topish hamda 10 kun ichida “Mahshar kunlari butxonasi” nomli bir tariqat to’g’risida ommabop soxta hujjatli uslubda filmni suratga tushirish kerak. Ammo, suratga olish ishlarini turli mamlakatlarda o’tkazishga to’g’ri keladi, lekin asosiy qahramonlar beozor qari odamlar.

Gonorar yoqimlidanham ortiqroq, shuning uchun Kayl bir daqiqa ham cho’zib o’tirmay ishga kirishadi. Biroq, suratga olish jarayoni uni paranormal va narigi dunyoga oid chalkashliklarga botirib yuborishini bilganida edi! Bosh qahramon kabi mutolaa qiluvchilar ham skeptik bo’lishiga qaramay, pirovardida oddiy bo’lgan narsalarga ham nigohini o’zgartirib yuborishga qodir darajadagi mutlaq aqldan ozgan olamga cho’mib ketadi.

4. “Qish odamlari”, Djennifer Makmaxon

Asta-sekin muhitning murakkablashtirilishi va bir syujetdan ikkinchi syujetga keskinliksiz bir maromda, lekin shunga qaramay juda qo’rqinchli o’tishlari Djennifer Makmaxon yozgan navbatdagi asarga ommaboplikni ta’minlab berdi.

Voqealari kki davrda sodir bo’ladi va jumboqlarga to’la yog’ochdan qurilgan eski uy birlashtiruvchi ikki oila hayotini aks ettiradi. Kitobning asosiy qahramonlari — qish odamlari, ya’ni, yer bilan osmonning o’rtasida qolib ketganlar.

Romanda hamma narsa yetarlidan ortiq: tungi noma’lum shovqinlar, yog’och pollarining g’ichirlashi, kundalikdagi yarim chirib bo’lgan varaqlarning shitirlashi, yaqin insonni yo’qotish tufayli og’ir dard va g’azab. Sotqinlik, umidsizlik va qo’rqinch ayrim qahramonlarni jinoyatlar yo’liga, boshqalarini tushkunlikka boshlaydi.

Qor Uest-Xill shaharchasining sirlarini sahiylik bilan qoplab, la’natlangan o’rmonga bo’lgan yo’lni ko’mib tashlaydi. Kutilmagan yechim kitobda tasvirlab berilgan ko’p hodisalarga yorug’lik to’kadi: hamma narsa kitobxon shu paytgacha tasavvur qilganidek emasligi ayon bo’ladi.

5. “Yo’lovchi”, Jan-Kristof Granje

Har kuni bir xil: ishxona, yolg’iz uy, yana ishxona, yana bo’m-bo’sh uy. Ko’chib o’tgandan keyin xatto narsalarni joylashtirishga ham vaqt topilmaydi. Psixiatr Matias Frerga hayot shaffof va yorug’liksiz bo’lib ko’rinar edi, toki u “yuksiz yo’lovchi”ni uchratmaguniga qadar. Vrachlar bunday deb hotirasini yo’qotib o’tmishini unutib qo’ygan va uning parchalaridan mutlaqo yangi hayotni qurayotganlarni ataydi.

Asta sekin Matias o’zi haqida hech narsani eslay olmayotganini tushunib yetadi: hujjatlar soxta, ko’chib o’tgandan keyingi joylashtirilmagan qutilar bo’m-bo’sh. O’zining kimligini va o’z o’tmishini izlash jarayoni Matiasa Frerni jinoyatlar va buzuq niyatliliklarga ham joy topilgan voqealar changaliga qaytarib olib kiradi.

Eng dahshatli haqiqat bosh qahramonni yo’lning ohirida kutib turadi. Xo’sh, Matias qanday yo’lni tanlaydi: hamma narsani yangitdan esdan chiqarib yuborib mutlaq yangi shahsni yaratadimi yoki haqiqatni tan olib hayotni davom ettiradimi?

6. “Adabiy sharpa”, Devid Mitchell

Diniy mutaasib, musiqa do’konidagi sotuvchi, tanasiz qadimiy ruh, Londonlik menedjer, rus mafiyasi, razvedka veterani, maxsus hizmatlar quvg’ini ostidagi fizik ayol, Nyu-Yorklik modadagi didjey — Devid Mitchell aniy biladiki, sayyoradagi hamma odamlar bir-biri bilan ko’rinmas iplar bilan bog’liq. Yozuvchining ilk romani juda muvaffaqiyatli va o’ta chalkash chiqqan. O’quvchi endigina syujet liniyasidagi voqealarni tushunib olgan paytida uning ustiga, avvalgisi bilan bog’liq, biroq undan farq qiladigan boshqasi bostirib keladi.

Kitobda vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha savollarning ichidagi eng ritorik shakliga ega, ya’ni javobi o’z ichida bo’lgan savolga javob topish mumkin: “Nima uchun bu aynan men bilan sodir bo’ldi?”. Voqeaning yakunlanishi — to’liq nokautga jo’natadigan o’sha yakuniy zarba.

7. “O’lik mavj”, Yuxan Teorin

Ayrim jinoyatlarning eskilik muddati bo’lmaydi, onaning yuragi ham bolani yo’qotish hodisasiga ko’nika olishi amri mahol. Yuliya Davidsson ko’p yillar oldin o’z o’g’lini yo’qotgan, lekin uning betayin tarzda yo’qolishini hamon qabul qila olmagan. Besh yoshli bolakay bobosi bilan buvisi uyining devori oldida, bobosi bir daqiqaga uyquga cho’mgan paytda tumanda yo’qolib qolgan. Politsiya bu ishni allaqachon arxivga jo’natib yuborgan, ammo bolaning onasi bolakay haloq bo’lganiga hech ishonmaydi. Yuragi sezib turibdi, u tirik va qayerdadir uzoqda, tumanda o’z onasini kutyapti.

Ko’p yillar o’tib bolakayning bobosiga pochta orqali jo’natib yuborilgan bir sandalcha yetib keladi. Bu sandalcha o’sha bolakay yo’qolib qolgan kuni uning oyog’ida bo’lgan. Eski sharpalar ko’tariladi, o’tmish oynaga taqillatadi va unutib yuborilgan gunohlarga eshiklarni ochib qo’yishni so’raydi. Bolakayning halok bo’lishida kim javobgar – aqldan ozgan qotilmi yoki hukumat bilan tartibning vakili bo’lgan inson qiyofasidagi mahluqmi?

8. “Konklav”, Robert Xarris

Katoliklar olami uchun papa saylovi — o’ta javobgar va jiddiy marosim. Marosim asrlar davomida shakllangan: ruhoniylar Vatikanga yetib kelib, ibodatxonalarning birida to’planadi, ichkaridan qamalib olib u yoki bu nomzod uchun ovoz beradi. Eng asosiy shart: yangi papa billurdek pok va sofdil nomga ega inson bo’lishi kerak.

Mana shu paytdan eng qizig’i boshlanadi. Gilamosti fitnalar o’ta jo’shqin girdob kabi aylanib ketadi, hamma narsadan sirli pardalar yechib tashlanadi, nomzodlar va vafot qilgan pontifikning eng iflos sirlari ochib tashlanadi. Robert Xarris, britaniyalik yozuvchi va tarixga oid bo’lgan intellektual detektivlar bo’yicha mutaxassis o’quvchini Vatikan labirintlari bilan birga undagi o’zaro janjallari ichra ustakorlik bilan yetaklab yuradi.

9. “O’lik hudud”, Stiven King

Djonni Smit o’zining baquvvat sog’ligi bilan maqtangudek emas. U bolaligida chang’i uchish paytida muzga yiqilib tushib bosh suyagi qattiq lat yeb shikastlangan. Oradan ko’p yillar o’tib Djonni avtohalokatga uchraydi va to’rt yil komatoz holatda, ya’ni oddiychasiga komada o’tkazadi. U o’ziga kelganidan so’ng gayrioddiy xususiyatlarga ega bo’lib qolganini, aniqrog’i kelajakni ko’ra olish qobiliyatiga ega ekanligini tushuna boshlaydi.

“Bashoratchi”ning dong’i ommaviy ahborot vositalariga yetib boradi va Djonni mahalliy yulduzga aylanadi. Huddi shu paytda Djonni bolalik paytidan beri tanish bo’lgan uning antagonisti Greg Stilson ham muvaffaqiyat sari dadil qadamlar bilan harakatlanadi. Bir payt kelib ikkala qahramon bir yig’ilishda uchrashib qoladi. Smit uchrashuv paytida Stilsonga tegib ketadi va shu zahotiyoq Greg insoniyatni halokatga yetaklab borishini payqab qoladi.

Djonnining oldida Stilsonni to’htatib qolishday o’ta murakkab vazifa vujudga keladi. Chalkashib ketgan syujet o’quvchining diqqat-e’tiborini oxirigacha qizg’in pallada ushlab turadi: Djonni Greg ismli mahluqni to’htatib qola oladimi va buning uchun u o’zining hayotini qurbon qilishiga to’g’ri keladimi, yo’qmi?

10. “Eshik orti”, Nil Geyman

“Neverwhere”romani rus tiliga “Nikogde” deb, yana boshqa bir safar “Eshik orti” deb tarjima qilingan.

“Salom, men eshigingizdaman!” — deyarli shunday gaplar bilan hech qanday narsasi bilan e’tiborni tortmaydigan idora ishchisi Richardning hayotiga Londonning orqasidan bir qiz, uning ortidan esa boy tarixi bilan ish tajribasiga ega bir juft qotillar ham kirib keladi. Ular hamkorlik qilish taklifini rad etgani uchun Richardni hayotdan “o’chirib” tashlaydi.

Bosh qahramon o’zga dunyoga yo’l oladi. U yerda esa uni mislsiz sarguzashtlar kutadi. Londonning narigi tarafida qo’nalg’a topgan turli afsonaviy qahramonlardan tashkil topgan do’stona doirada Richard bilan eshik – qiz farishtani izlaydi, lekin haqiqiy murtad iblisni uchratadi. Ajoyib hikoya qilish yengil va majburlovsiz o’quvchini Britaniya poytahtining mashhur ziyoratgohlariga yangitdan nazar tashlash imkonini bergan holda London yer osti metrosining labirintlari bo’ylab yetaklab yuradi.

G’afforova T., Eshturdiyeva G. O’qish kitobi: 1-sinf uchun darslik

Azimova Nigora. O’zbek tili: birinchi bosqich

  • Раздел: Языки и языкознание → Узбекский язык

Georgetown University Press, 2010. — 493 p. Uzbek: an elementary textbook. ISBN: 978-1-58901-706-1. This textbook is distinguished by the following features: the emphasis on communicative activities and tasks, the step-by-step development of languages skills, the presentation of Uzbek culture, integrated into various texts, opportunities for classroom practice. The textbook is.

  • 91,56 МБ
  • добавлен 28.02.2013 00:18
  • описание отредактировано 03.03.2013 08:10

Doniyorova Saodat. Parlons Ouzbek

  • Раздел: Языки и языкознание → Узбекский язык

L’Harmattan, 2001. — 299 р. — (Parlons). — ISBN: 2747515893. Ce livre décrit la langue et la culture de l’Ouzbékistan après son indépendance en 1991. Ce pays clé de l’Asie Centrale est aussi célèbre par les trésors de ses villes de Samarkand, Boukhara et Khiva que par ses savants et ses poètes ou le rayonnement de sa capitale Tashkent. Comme dans les autres ouvrages de la.

  • 7,17 МБ
  • добавлен 23.07.2012 00:27
  • описание отредактировано 25.06.2018 06:37

G’afforova T., G’ulomova X. Ona tili: 1-sinf uchun darslik

  • Раздел: Узбекский язык → Для школьников

T.: Sharq, 2012. — 112 b. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. ISBN: 978-9943-00-903-5 Родная речь. Учебник для 1-го класса общеобразовательной средней школы. На узбекском языке.

  • 945,47 КБ
  • добавлен 30.08.2013 19:21
  • описание отредактировано 09.02.2020 09:24

Öztopçu K. Colloquial Uzbek. A Mini Course

  • Раздел: Языки и языкознание → Узбекский язык

Madison, Connecticut: Audio-Forum, 1994. – 54p. How to Use This Course Colloquial Uzbek is designed to fulfill the basic communication needs of those who wish to communicate in an Uzbek speaking environment. Since it is a communication/survival based course, its goal is to give the user certain structures along with a sufficient amount of vocabulary to be used to communicate.

  • 7,73 МБ
  • дата добавления неизвестна
  • описание отредактировано 04.08.2016 16:58

Батырова М.А., Данияров Р.Д., Киссен Е.А., Мирзаева И.Р. Учимся говорить по-узбекски. Русско-узбекский разговорник

  • Раздел: Узбекский язык → Словари и разговорники

Ташкент: Ўқитувчи, 1991. — 186 с. Настоящий разговорник предназначен для лиц, не владеющих узбекской речью, но желающих овладеть ею. Разговорник состоит из общей и основной частей. Общая часть включает в себя наиболее употребительные формулы этикета (обращение, приветствие, прощание, благодарность, просьба, отказ, извинение, сочувствие и т. п.), а также речевые фразы, которые.

  • 1,93 МБ
  • добавлен 13.08.2013 08:54
  • описание отредактировано 13.08.2013 13:30

Усмонова М., Азларов Э., Шарипов Ғ. Ўзбек тили

  • Раздел: Языки и языкознание → Узбекский язык

Университетлар ва педагогика институтларининг рус группалари учун қўлланма. — Қайта ишланган ва тўлдирилган иққинчи нашри. — Tошкент: Ўқитувчи, 1991. — 304 б. — ISBN: 5-645-00723-9. Усмонова М., Азларов Э., Шарипов Г. Узбекский язык. — Учебное пособие для студентов филологических факультетов университетов и педагогических институтов на узбекском и русском языках.

  • 9,72 МБ
  • добавлен 27.09.2013 18:05
  • описание отредактировано 14.01.2021 22:28

3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi

Kitob o`qiyotganda uni g`ijimlamang.Kitobni yotib o`qish zararli. Kitob- ni yorug`lik chap tomondan tushadigan joyda o`qing.Uni ko`zga yaqin ush-lab o`qimang.Ko`zingiz toliqadi.Kitobni buklash yaramaydi.Kitobingizda hamisha xatcho`p bo`lsin.Kitobni nomi va muallifini yozib borishga o`rga-ning. ( 39 ta so`z)

Topshiriq: Matnda nechta gap bor? Bu gaplar qanday gaplar deyiladi?
2- nazorat ishi. Diktant

Shotut yirik bargli ko`p hosil beradigan daraxtdir. Shotut sekin o`sadi. U ko`pincha, yo`l chetlariga ekiladi.

Mevasi yozda sharbatga to`ladi. Uning xususiyatlari haqida olim va tabib-lar ko`p fikrlar aytishgan. Shotut shifobaxsh xususiyatga ega. U kuzgacha meva beradi, bargi pilla qurtiga ozuqa bo`ladi. ( 42 ta so`z)

Topshiriq: Harf birikmalari qatnashgan so`zlarni aniqlang.

3- nazorat ishi. Diktant

Bahodir ikkinchi sinfda o`qiydi, u o`z vaqtida dars tayyorlagani uchun yaxshi o`qiydi.Bahodir a`lochi. Darsdan so`ng dam oladi, ovqatlanadi. So`ng dars tayyorlashga o`tiradi. Avval matematikadan berilgan masalalarni yaxshi o`ylab, to`g`ri bajaradi. Keyin yozuvdan berilgan vazifaga kirishadi. Rasm darsida berilgan topshiriqlarni ham yaxshi bajaradi. ( 44 ta so`z)

Topshiriq:Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarni tagiga chizing.
4- nazorat ishi. Diktant

Ob-havo taqvimi

Biz ob-havo taqvimi yuritamiz O`qituvchimiz turli belgilar qo`yishni o`rgatadi. Har kuni haroratni o`lchaymiz. Bu havoda qanday o`zgarish bo`-lishini aniq bilishga tordam beradi.

Har oyning oxirida kuzatganlarimizga yakun chiqaramiz. Yog`inli va ochiq kunlarni belgilaymiz. Bu ishlarni biz qiziqib bajaramiz. [42 ta so’z]

Topshiriq: Matnda nechta gap bor ? Bular qanday gap.

5- nazorat ishi.

  1. Nutq nimalardan tuziladi? A) gaplardan. B) so’zlardan. D) bo’g’inlardan.
  2. Gap nimalardan tuziladi. A) bo’g’inlardan. B) so’zlardan. D) tovushlardan.
  3. Noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning yozma shakli. B) matn gaplardan tuziladi. D) matnda gaplar mazmun jihatdan bog’lanmaydi.
  4. Ikki yaproq bir tanda, kezar yozda chamanda. Ajratib ko’rsatilgan so’zga yaqin ma’noli so’z toping. A) novda. B) barg. D) kurtak.
  5. Darak Talaba,qizil, bog’bon,chaqmoq,stol,kitob. Ushbu so’zlardan shaxs nomini bildiruvchi so’zlarni toping. A) qizil,chaqmoq. B) stol,kitob. D) talaba,bog’bon.
  6. Qanday so’zlar kim nima so’rog’iga javob bo’ladi? A) saxs narsaning nomini bidirsa. B) shaxs narsaning belgisini bildirsa. D) shaxs narsaning harakatini bildirsa.
  7. Berilgan xususiyatlardan qaysi biri unli tovushlarga xos emas. A) havo to’siqqa uchramaydi. B) bir unli tovush bo’g’in xosil qila oladi. D) unli tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi.
  8. Harflarning tartib bilan joylashishi qanday nomlanadi? A) so’z. B) alifbo. D) gap.
  9. Alifboda nechta harf bor? A) 23ta. B) 29ta. D) 30ta.
  10. Kun-tun so’zlardagi qaysi tovush ma’noni o’zgartiryapti? A) k,t. B) n. D) u.
  11. gap nima? A) biror narsa voqea xaqidagi xabrni bildirgan gap. B) biror narsa haqidagi so’rash maqsadini bildirgan gap. D) buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gaplar.
  12. His-hayajon gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqta. B) so’roq. D) undov.
  13. Qanday gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. A) dark gap. B) so’roq gap. D) his-hayajon gap.
  14. Buyruq gapni belgilang. A) kapalaklar guldan gulga qo’nardi B) sen sportning qaysi turiga qiziqasan D) chiroyli yozishni mashq qilgin.
  15. Dilban.,farzan.. ushbu so’zlarda qaysi undoshlar tushurib qoldirilgan? A) d,t. B) d,d. D) t,t.
  16. B,g,z jarangli undoshlarining jarangsiz juftini toping. A) x,p,q. B) p,k,s. D) f,h,ch.
  17. Childirmakash so’zi qaysi javobda to’g’ri bo’g’inga ajratilgan? A) chil-dirm-akash. B) chil-dir-makash. D) chil-dir-ma-kash.
  18. Oyim mazali ovqat pishirdi. Belgini bildirgan so’zni toping. A) oyim. B) mazli. D) pishirdi.
  19. Harf birikmalarini yozing. __________________________.
  20. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing. _________.
  21. Ko’ngil so’zini bo’g’inga ajrating._____________________.
  22. Ikkita tovush bildirgan harfni yozing.___________________.
  23. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?_________________________________.
  24. Baland so’ziga zid ma’noli so’z yozing,________________.
  25. Yonma-yon kelgan bir xilundoshli so’zlardan misol yozing.______________________________________________.

6- nazorat ishi. Diktant

Qushlar bizning do`stimiz

Biz tog` yonbag`rida yashaymiz. Tog`da qushlar ko`p bo`ladi. Bu yer ular uchun shavqin va xatardan xoli. Lekin bahor va kuzgi jala ularni bezovta qiladi. Biz qushlar uchun in yasadik. Inlarni ko`rinarli joyga o`rnatdik. Qush-

lar beozor yashamoqdalar. Palaponlari ham katta bo`lib qoldi. Qushlar bizning do`stimiz. ( 46 ta so`z)

Topshiriq: 1,2,5 gaplarning bosh bo`laklarini belgilang.

7- nazorat ishi. Diktant

Alisherning quyonlari

Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o`tdi. Alisher to`rt-tinchi sinfga ko`chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi.Quyon-lardan o`ntasini jamoa xo`jaligiga topshirdi. Xo`jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg`a qildi. ( 47 ta so`z)

Topshiriq:Birinchi gapdagi so`zlarning o`zaro bog`lanishini bering

8-nazorat ishi. Bayon,

Aqlli bog’bon

1.Bo`gbonning o`g`illariga vasiyati.

2.Bog`bon olamdan ko`z yumdi.

  1. Sarg’aygan barglar yerga to’kildi. Gapning kesimini toping. A) barglar. B) yerga. D) to’kildi.
  2. Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim, nima?. B) nima qildi, nima qilyapti? D) qanday,qanaqa?
  3. Gapning asosiy mazmuni qaysi bo’laklar orqali anglashiladi? A) bosh bo’laklar. B) ikkinchi darajali bo’laklar. D) kesim.
  4. Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qanday vazifani bajaradi? A) gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi. B) gapning mazmunini to’ldiradi. D) gap tuzishda foydalaniladi.
  5. So’zlarni o’qing va ulardan gaplar tuzing.Yayrab,bog’chada, o’smoqdalar,kichkintoylar. A)Bog’chada yayrab o’smoqdalar kichkintoylar. B)Kichkintoylar o’smoqdalar yayrab bog’chada. D)Kichkintoylar bog’chada yayrab o’smoqdalar.
  6. Kutubxonachi javonlarni yangi kitoblar bilan boyitdi.Gapning egasini toping. A)javonlarni. B)kitoblar. D)kutubxonachi.
  7. Dalalarda yig’im-terim ishlari boshlandi.Gapning ikkinchi darajali bo’lagini toping. A)dalalarda, yig’im-terim. B)yig’im-terim, ishlari. D)dalalarda,ishlari.
  8. Gapda so’zlarning bog’lanishi nimalar yordamida aniqlanadi? A) so’roqlar yordamida. B) So’zlar yordamida. D) tinish belgilar yordamida.
  9. Asos deb nimaga aytiladi? A) asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb ataladi. B) bir xil so’roqqa javob bo’lgan so’zlar asos deb ataladi. D) bir xil ma’no anglatgan so’zlar asosdir.
  10. Yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday ataladi? A) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. B) ko’plik manosidagi qo’shimchalar. D) so’z yasovchi qo’shimchalar.
  11. So’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan so’zni toping. A)e’tiborsiz. B) binoga. D) daladan.
  12. “G’alla” so’ziga qaysi qo’shimchani qo’shib yangi soz hosil qilish mumkin? A) –chi. B) -kor. D) –don.
  13. So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A) asos. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha.
  14. Qanday so’zlar asosdosh so’zlar deb ataladi? A) ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar. B) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar. D) ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar.
  15. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) gapda so’zlarni o’zaro bog’laydi. B) yangi manoli so’z hosil qiladi. D) narsaning kimga tegishli ekanini aniqlab beradi.
  16. So’z o’zgartuvchi qo’shimchasi bor bo’lgan so’zni toping. A) kutubxonaga. B) guldon. D) sinfdosh.
  17. Yolg’onchi .. rost so’zi ham yolg’on. Nuqtalar o’rnigsa kerakli so’z o’zgartuvchi qo’shimchani qo’ying. A) ning. B) ni. D) ga.
  18. Bog’bondan so’zining asosini toping. A) bog’bon. B) bog’. D) dan.
  19. So’z yasovchi qo’shimchalarni yozing. _______________.
  20. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni yozing. _____________.
  21. Suv so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qoshib yangi so’zlar hosil qiling. _________________________________________.
  22. Gapning asosi qanday chizma bilan belgilanadi? ________.
  23. Tutuq belgisi qatnashgan so’zlardan misollar yozing. _____.
  24. “Osmon” so’ziga yaqin ma’noli so’z yozing. ____________.
  25. Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _______.

10- nazorat ishi. Diktant

Bularni hamma bilishi kerak

Baxtsiz hodisalar uyda, maktabda, safarda,ko`chada ro`y berishi mum-kin. Bunday paytda birinchi yordam berishni bilish kerak. Odam yaralan-ganda darhol bog`lab qo`yish kerak. Agar elektr toki ursa, tokni tezda uzib, simni yog`och bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan odam nafas olmasa, sun`iy nafas oldirish kerak. ( 47 ta so`z)

Topshiriq: So`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar qatnashgan so`zlarni

11- nazorat ishi. Diktant

Yakshanbada Chimyonga bordik. Sovuq aytarli qattiq emas. Qalin qor yog`gan. Tog` cho`qqisini pag`a-pag`a bulutlar qoplagan. Quyosh bulutlar orasidan nur sochmoqda.

Tog` etagidagi tepalikda chana uchayotgan bolalarni va katta yoshdagi kishilarni ko`rdik.Yigit va qizlar tog` cho`qqisi tomon ko`tarilmoqda. Ular chang`ida pastga tushadilar. [45 ta so’z] Topshiriq:Birlikda va ko`plikda kelgan otlarni aniqlang.
12-nazorat ishi, Diktant

Mehnat darsida

O`qituvchimiz Ra`no Sultonova mehnat darsida bizga gul tikishni orgat-dilar. Ular oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalamda chizib berdi-lar.Ignaga ip o`tkazishni kim tez bajarishini kuzatdilar.Munavvar birinchi bo`lib ipni ipnaga o`tkazdi.Ra`no Sultonova oldin odmi iplarni,keyin esa och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdilar. Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o`rgandik. ( 52 ta so`z)

  1. Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? . A) qanday?, qanaqa? B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
  2. Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima?. D) nima qildi?, nima qilyapti?
  3. Fe’l so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
  4. Tabiat xodisalarini bildiruvchi otlarni belgilang. A) bo’yoqchi, paxta, farzand. B) yomg’ir, chaqmoq, bo’ron. D) cho’pon, poyezd, soatsoz.
  5. Nima so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping. A) qalam,ruchka,kitob. B) o’quvchi, karam, dehqon. D) qush,bog’bon, tarvuz.
  6. Ko’plikdagi ot ishtirok etgan gapni belgilang. A) O’quvchi topshiriqni to’g’ri bajardi. B) Ayvonga qaldirg’och in qurdi. D) Kutubxonada kitoblar saqlanadi.
  7. Ot yasovchi qo’shimchani toping. A)-la, -illa. B) –li,-siz,-dor. D)-chi,-kor,-dosh.
  8. Sifat yasovchi qo’shimcha qatnashgan so’zlarni belgilang. A) sharafli. B) paxtazor. D)ishchi.
  9. Fe’l turkumiga oid so’zlarni belgilang. A) kuladi. D) yoqimli. D) buvimga.
  10. Berilgan so’zlardan gap tuzing. Osmonda,yulduzlar,bepoyon, ko’rindi. A) Ko’rindi yulduzlar bepoyon osmonda. B) Yulduzlar osmonda bepoyon ko’rindi. D) Bepoyon osmonda yulduzlar ko’rindi.
  11. Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gaplarni belgilang. A) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. B) Yozda men shahar… yshadim. D) Tongda hovli… chiqdim.
  12. Asosi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuvchi. B) yozma. D) yovuz.
  13. Gapda nechta fe’l borligini aniqlang. Rizamat ota tokni qirqish,homtok qilish, oziqlantirish,turli tok navlarini o’stirish va parvarish qilishni yaxshi biladi. A) 3ta. B) 5ta. D) 6ta.
  14. Tartibni bildirgan son ishtirok etgan gapni toping. A) Oilamizda ikki qiz,to’rt o’g’il edik. B) Tovuq yeti hazinaning biri. D) Alisher Navoiy o’n beshinchi asrda yashagan.
  15. Sanoq son ishtirok etgan gapni belgilang. A) Akam oltinchi sinfda o’qiydi. B) Yigit kishiga yetmish hunar ham oz. D) Sakkizinchi dekabr Konstitutsiya bayrami.
  16. Sifatlar gapda qaysi so’z turkumiga bo’g’lanadi. A) otga. B) fe’lga. D) songa.
  17. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? A) kishilarning ismi va familiyasi. B) shahar nomlari. D) a va b to’g’ri.
  18. Qaysi gapda ma’no jihatdan bo’g’lanmagan so’z ishtirok etgan? A) Bodom daraxti oppoq gulladi. B) Bog’imizda qovun,tarvuz kabi shirin mevalar pishdi. D) Chumolilar mehnatkash hasharotlardir.
  19. Son qanday so’roqqa javob bo’ladi? ______________________.
  20. Tartib sonning qo’shimchasini yozing. ____________________.
  21. So’roq gap tuzing. _____________________________________.
  22. Gapning egasiga qanday chiziq chiziladi? ___________________.
  23. Tort bo’g’inli so’z yozing. _______________________________.
  24. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima? ____________________.
  25. Bugun go’zal tabiat yanada ko’rkamlashgan. Kesmni toping. ___.

14- nazorat ishi. Diktant

Bolalar chiroyli qo`ng`izcha ushlab olishdi.Uning boshi qop-qora. Qanot-larida esa qip-qizil xollari bor. U qo`rqib , qimirlamay yotardi.

Uni tugmacha qo`ng`iz yoki xonqizi ham deyiladi. Tugmacha qo`ng`iz ju-da foydali. U barglarga tushgan shirani yeydi.Bolalar tugmacha qo`ng`izni tomosha qildilar, so`ng uni gulga qo`ndirdilar. Qo`ng`iz qanot qoqdi va uchib ketdi. ( 52 ta so`z)

15-nazorat ishi. Diktant

Shifobaxsh danaklar

O`qituvchimiz shaftoli danaklarini yig`ishimizni aytdilar. Bu yil shaftoli hosili mo`l bo`ldi. Har birimiz bir qopdan danak yig`dik.

Hammamiz yig`gan danak besh yuz kilodan oshdi. Biz ularni dorilar tayyorlaydigan markazga topshirdik. Shaftoli danagidan bosh miya faoliya-tini yaxshilaydigan dori tayyorlanar ekan.

O`qituvchimiz biz yig`gan danaklar ko`plab bemorlarni tuzatishga yordam beradi, dedilar. ( 51 ta so`z)

Topshiriq:Sonlarni belgilang.
16- nazorat ishi. Diktant

Ko`klamda ipak qurti boqish boshlanadi.Ipak qurti tut daraxtining bargi bilan boqiladi. Avval qurtlarga mayda qirqilgan barglar beriladi.

Qurtlar tez o`sib, po`stlariga sig`may qoladilar. Keyin eski po`stlarini tashlaydilar. Yangi po`stga o`raladilar. So`ng ular dastalarga pilla o`rashga kirishadilar. O`ralgan pillalar dastalardan terib olinadi.Ipaklardan qimmat-baho matolar to`qiladi. ( 48 ta so`z)

17-nazorat ishi. Diktant

Qishlog`imiz bog`i

Maktabimiz yaqinida katta mevazor bog` barpo qilindi. Bog`da turli me- vali daraxtlar o`sadi.Yozda mevalar pishadi. Daraxtlarning shoxlari mevalarning ko`pligidan egiladi.

Mevalar pishgach, ular terib olinadi. Bolalar ham yig`im-terimda yordam beradilar.Mevalar maxsus idishlarga joylanib, mashinalarga yuklanib, sha-harlarga jo`natiladi.

Kuzda bog` o`zgarib ketadi. Daraxtlarning barglari sarg`ayib, asta-sekin to`kila boshlaydi. ( 52 ta so`z)

Topshiriq:Fe`llarni belgilang.
18-nazorat ishi. Bayon

Bizning oila

1.Biz oilada besh kishimiz.

2. Oilada hammaning o`z ishi bor.

3. Uy ishlarida onamga yordam beraman.
19- nazorat ishi. Diktant

Bepoyon dalalarda yana traktorlar guvillaydi.Ekish ishlari boshlanadi. Mart oxiri, aprel boshlarida chigit ekiladi. Bu ish maxsus mashinalarda baja-riladi.

Shuningdek, bu oyda bug`doy, arpa, suli yerdan unib chiqadi.

Ariq va hovuzlar tozalanadi. Daraxtlar tagi yumshatiladi. Toklar ochilib, so`rilarga ko`tariladi.

Piyoz, kashnich kabi ko`katlar sepiladi. Rayhon, jambil,xina kabi o`simliklarning ko`chatlari o`rqaziladi. ( 53 ta so`z)

  1. Son so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?, nechta?. B) qanday?, qanaqa?. D) kim?, nima?.
  2. Sonlar necha turda yoziladi? A) harflar bilan. B) raqamlar bilan. D) harflar va raqamlar bilan.
  3. Tartib son qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?. B) nechanchi? D) nechta.
  4. Texnika kishilar yumushini yengillashtiradi. Ajratib ko’rsatilgan so’z qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) nima qildi? B) nima qilyapti? D) nima qiladi?.
  5. Kuchli shamol yaproqlarni qattiq silkitdi. Ushbu gapda nechta sifat qatnashgan? A) uchta. B) to’rtta. D) ikkita.
  6. Bo’lishli fe’llarni ko’rsating. A) salomlashdi. B) yodlamadi. D) pishirmadi.
  7. Bo’lishsiz fe’lning qo’shimchasini toping. A) –im. B) –ma. D) –lar.
  8. Harakatning bajarilganligini bidirgan so’zlar qatorini belgilang. A) bordi,o’qidi,terdi,yozdi. B) aytmadi,kutmadi,bermadi,kulmadi. D) pishirdi,qolmadi, tikdi, indamadi.
  9. Chegarachi Vatanimizni qo’riqlaydi. Bosh bo’laklarni belgilang. A) chegarachi. B) qo’riqlaydi. D) chegarachi qo’riqlaydi.
  10. Nuqtalar o’rniga fe’l yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying. Elektr quvvatidan, suvdan, gazdan tejab foyda…ning. A) –illa. B) –la. D) –ulla.
  11. Nuqtalar o’rniga u harfi yoziladigan so’zni belgilang. A) m…kofot. B) x…rmon. D) k…tob.
  12. Qushcha sayrar o’ z tilda,Qizcha boqadi hayron.

Berilgan she’riy parchadan bo’lishsiz fe’lni toping. A) sayrar. B) boqadi. D) bo’lishsiz fe’l yo’q.

  1. Fe’lning tagiga nechta chiziq chiziladi? A) bir chiziq. B) ikki chiziq. D) to’lqinli chiziq.
  2. Bog’bon toklarning ortiqcha novdalarini qirqadi. Ushbu gapdan ikkinchi darajali bo’lagini toping. A) bog’bon qirqadi. B) novdalarni qirqadi. D) toklarning ortiqcha novdalarini.
  3. Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qaysi bo’lakka bog’lanib keladi? A) ega va kesimga. B) egaga. D) kesimga.
  4. Qaysi tovushlar bo’g’in hosil qiladi? A) undosh. B) unli. D) harf birikma.
  5. Ega deb nimaga aytiladi? A) gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo’lak. B) shaxs nomini bildirgan bo’lak. D) narsa nomini bildirgan bo’lak.
  6. O’quvchilar sport bilan muntazam shug’ullanadilar. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering. A) nima? B) kim? D) kimlar?
  7. Meva so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib asosdosh so’zlar hosil qiling. ____________________________________.
  8. Ko’plik qoshimchasini yozing._______________________.
  9. Suhbatlashdi fe’lini bo’lishsiz fe’lga aylantiring. _________.
  10. So’z o’zgartuvchi qo’shimchaning belgisini ko’rsating. ____.
  11. Harf birikmalarni yozing. __________________________.
  12. Jarangli undoshlarni yozing. _________________________.
  13. Bilimdon so’ziqa qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _____.

3-sinf O`qish fanidan nazorat ishlari namunalari

1- nazorat ishi. Yod aytish

O`zbekiston ” she`ri

2- nazorat ishi. O’qish tezligi

Vatanni suymak”

3- nazorat ishi, O`qish tezligi

4- nazorat ishi. Yod aytish

Xalq og`zaki ijodidan maqollar, topishmoqlar.

  1. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan? A)1991-yil 1 –noyabr. B)1991-yil 31-avgust. D)1991-yil 1-oktabr.
  2. “Mustaqillik kuni” bayramini belgilang. A)31-avgust. B)2-sentabr. D)1-sentabr.
  3. “To’tiyo” so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang. A)aziz,myqaddas. B)belgi,nishon. D)qadrli,baxtli.
  4. Men shu yerda ulg’aydim,Vatanimni sevaman.Kerak bo’lsa yurt uchun jonimni ham beraman.Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A)P.Mo’min “Mustaqillik ahillikdan”. B)Orif To’xtash “Ozbekiston. D)Miraziz A’zam “Vatan”.
  5. Nima uchun Vatan onaga qiyoslanadi? A)ona kabi mehribon. B)ona kabi issiq bag’riga oladi. D)aAva B javoblar to’g’ri.
  6. “Vatan yolg’iz bizning mulkimiz emas.Mozorda yotgan otalarimiz va endi tug’ilajak avlodlarimizning bu muborak tuproqda haqlari bordir… “ Bu kimning gaplari? A)Chingizxon. B)Og’uzxon. D)Jaloliddin.
  7. “Ona Vatanim!Senga fidodir jon-u tanim.Bugun sen ozodsan,mustaqilsan…”Ushbu parcha qaysi matndan olingan? A)Muhabbat Hamidova “Ona Vatan”. B)Maxsud Shayxzoda “Toshkentim-onam”. D)Aziz Abdurazzoq “Vatanni syymak’.
  8. “Botir mergan va chaqimchi”ertagida Botirni podshohga kim chaqadi? A) Botir. B) Mergan. D) chaqimchi.
  9. “Halolllik” ertagida kambag’al dehqon yer haydayotib nima topib oldi? A) bir hum tilla. B) xazina. D) tilla sandiq.
  10. “Qaysar buzoqcha” masalida buzoqcha nima uchun bo’friga yem bo’ldi? A) ochko’zligi uchun. B) qaysarligi uchun. D) o’yinqaroqligi uchun.
  11. Usti yosh, osti tosh, to’rt oyoqli bitta bosh. Topishmoqning javobini toping. A) yong’oq. B) tosh. D) toshbaqa.
  12. “Botir mergan va chaqimchi” ertagida podshox botir merganni qanday mukofotlaydi? A) bir xum tilla beradi. B) to’n kiygazib, ovulga oqsoqol etib tayinlaydi. D) yarim davlatini beradi.
  13. “Oltin kuz” matni qaysi manbadan olingan? A) ensiklopediyadan. B) yilnomadan. D) hadisdan.
  14. Mahmud Murodovning “Olma” nomli hikoyasi necha qismdan iborat? A) ikki. B) bir. D) uch.
  15. Mehrjon bayrami qaysi faslda nishonlanadi? A) Yoz. B) kuz. D) bahor.
  16. “Mehnating-…”. Ushbu maqolni davom ettiring. A) baht keltirar. B) xor qilmas. D) zebu ziynating.
  17. “Vaqting ketdi, naqding ketdi” maqoli qaysi hikoyada berilgan? A) Qo’riqchining sabog’i. B) mehrjon sayli. D) bebaho boylik.
  18. Kim tushida tipratikon va quyonni ko’rdi? A) dehqon. B) bog’bon. D) bobo.
  19. Kuzda qysi mevalar pishadi? _________________________________.
  20. Kuzda qaysi qushlar ssiq o’lkalarga uchib ketadi? ________________.
  21. Sanjarning koptogi kimning oldiga bordi? _______________________.
  22. Sanjar qanday bola edi? _____________________________________.
  23. To’ravoy ishtirok etgan asarning nomini yozing.__________________.
  24. Chumchuqning “chirq-chirq” degani nima degani? _______________.
  25. “Donishmand yigit” ertagida otaning maqsadini qaysi o’g’il to’g’ri yushundi? _________________________________________________.

6-nazorat ishi. O’qish tezligi.

Xazonchinak”

7- nazorat ishi. O’qish tezligi

8-nazorat ishi. Yod aytish

  1. Toshkentning qadimiy nomlarini toping. A) Choch. B) Toshqal’a. D) Toshminor. E) barcha javoblar to’g’ri.
  2. “Hech bir farzand otasining haqqini to’la o’tay olmaydi”. Ushbu so’zlar qaysi rivoyatdan olingan? A) “Mehnatkash qiz”. B) “Yosh hakim”. D) “O’g’lon. E) Dono yigit.
  3. Alpomishning haqiqiy ismini toping. A) Boybo’ri. B) Boysari. D) Qultoy. E)Hakimbek.
  4. Jaloliddin Manguberdi kim bo’lgan? A) Xorazmshox o’g’li. B) mo’g’ullarga qarshi kurashgan sarkarda. D) xalq qahramoni. E) barcha javoblar to’g’ri.
  5. Hakimbek olti yoshida kimga shogirdlikka berildi? A) Boybo’riga. B) Qosim merganga. D) Shokir otaga. E) Ibn sinoga.
  6. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992-yil –dekabr. B) 1992-yil 10-dekabr. D) 1992-yil 21-oktabr. E) 1992-yil 2-mart.
  7. “Kitob hikoyasidan” qanday xulosa chiqarish mumkin? A) nodonlik boshga kulfat keltiradi. B) oqllik bahtli hayot bahsh etadi. D) donolikning kaliti kitobda. E) barcha javoblar to’g’ri.
  8. “Qish” matni qaysi manbadan olinga? A) ensiklopediya. B) yilnoma. D) lug’at kitob. E) tabiatshunoslik.
  9. Safar Barnoyev “Bosh kitob” she’rida bosh kitob deb qaysi kitobni nazarda tutadi? A) o’qish kitobi. B) matematika. D) konstitutsiya. E) huquq kitobi.
  10. “Qish bo’lmasachi” matnida Sanobarning oyisi ismini toping. A) Salima xola. B) Muruvvat opa. D) Malika opa. E) onasini nomi aytilmagan.
  11. Otsh Xolmirzayevning “Qish zavqi” she’ri qanday boshlanadi. A) qish juda ham ajoyib. B) Qish zavqini totaman. D) ariqlarda shisha muz. E) qishning momiq choponi.
  12. “B iday cho’lu dalalar, bo’ralar qor kapalak”. Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A) “Yangi yil archasi”. B)” Qish zavqi”. D) “Bosh kitob”. E)”Ayamajiz”.
  13. “Ko’k maysalar nish urib …” keying misrani davom ettiring. A) yerning baland pastida. B) go’zal bahor serkillab. D) yetilar qor ostida. E) hamma javoblar to’g’ri.
  14. Jaloliddin Manguberdida yigit kishiga xos bo’lgan qanday fazilatlar bor? A) mardlik, sabrlilik. B) g’urur, or-nomus, jasorat. D) shoshqaloqlik,dushmanni mensimaslik. E) a va b to’g’ri.
  15. “O’g’lon” rivoyati qaysi asrdan olingan. A) “Qirq hadis”dan. B) o’zbek xalq ertagi. D) “Kalila va Dimna”dan. E) “Asotir va rivoyatlar”dan.
  16. “Bola Alisher” hikoyasida Alisherning otasi kim? A) G’yosiddin kichkina. B) Mansur. D) Husayn. E) Ali qushchi.
  17. “Qish zavqi” she’rida qish fasliga qanday ta’riflar beriladi? A) “Ko’chalar oppoq”. B) “Hammayoq yam-yashil”. D) “Ariqlarda muz”. E) a va d to’g’ri.
  18. “Bola Alisher” qissasidagi quyidagi ta’rif kimga tegishli? “Ustida uzun yaktak,katta salla, oyog’ida mahsi kovush”. A) Alisherga. B) G’iyosiddinbekka. D) Domullaga. E) bunday ta’rif berilmagan.
  19. “Chana” hikoyasida Farhoddan chanani birga uchishni so’ragan bolalar ismini yozing. _______________________.
  20. Ongimizda nur sochar, sirlar eshigin ochar. Topishmoqni javobini toping. ______________________________________.
  21. “Qaysar buzoqcha” masali mazmuniga mos maqol yozing._.
  22. Dadasi Erkinni kimnikiga olib bordi? __________________.
  23. Qaysi asarda Boqi degan bola haqida yozilgan. __________.
  24. Kichkintoylar kuylashib atrofingda aylanar. Egningdagi chiroqlar kech kirganda tovlanar. Shoir nima haqida yozgan? ____.
  25. “Qish ertagi” qahramonlarini yozing.___________________.

Qiziqarli malumotlar
Eshturdiyeva G. O qish kitobi: 1-sinf uchun darslik, G afforova T