GАZ PLITАSI, DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZАLАSH

GАZ PLITАSI, DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZАLАSH

GАZ PLITАSI, DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZАLАSH

DO`STLARGA ULASHING:

Oshxonadagi maishiy texnikalarni tozalashda tarkibida kimyoviy moddalar bo’lgan turli vositalardan foydalanishga qo’rqadi kishi. Bunday paytda har bir xonadonda topiladigan tabiiy vositalar qo’l keladi.

GАZ PLITАSI, DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI QАNDАY TOZАLАSH KERАK?
GАZ PLITАSI, DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI QАNDАY TOZАLАSH KERАK?

Mikroto’lqinli pechni to’g’ri ma’noda “yaltiratish”da osh sodasi va sirkadan foydalanish mumkin. Yarim stakan osh sodasini 3 osh qoshiq suv bilan aralashtiring va pechdagi kirlangan joylarga surib chiqing. Uni bir kechaga shu tarzda qoldiring. Ertasi kuni aralashmani nam latta bilan artib tashlang.
Shisha-keramika gaz plitasini tozalash uchun, uning yuzasiga osh sodasini sepib chiqamiz, ustidan biroz sirka quyamiz. Shunda tabiiy ko’pik paydo bo’ladi. Uni 15 daqiqadan so’ng ho’l latta bilan artib tashlash mumkin.
Zanglamaydigan po’lat plitani esa qattiq cho’tka yordamida kirdan xalos etish mumkin. Osh sodasi va sirka aralashmasini plita yuzasiga cho’tka bilan yaxshilab ishqalash kifoya. Oxirida nam latta bilan tozalab arting.
Duxovka ichini tozalashda gubka asqotadi. Yarim stakan suvni 1/3 stakan soda bilan aralashtirib, idish yuvish vositasidan bir osh qoshiq qo’shib yuboramiz. Аralashmaga gubkani botirib olib, duxovkaga surib chiqamiz. 15—20 daqiqadan so’ng toza gubka bilan artib tashlaymiz.

DUXOVKА VА MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZАLАSH, GАZ PLITАSI