GʻUZOR TUMANI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻUZOR TUMANI haqida malumot bilib oling.

GʻUZOR TUMANIQashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Shim. dan Qamashi, Chiroqchi, sharqdan Dehqonobod, gʻarbdan Qarshi va Nishon tumanlari, jan. da 25 km masofada Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 2,62 ming km2. Aholisi 147 ming kishi (2005). Tumanda I shahar (Gʻuzor), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Batosh, Gulshan, Xalqo-bod, Shakarbuloq, Qorapul, Pachka-mar, Zarbdor, Sherali, Mehnato-bod, Qoʻshtepa, Gu-liston) bor. Markazi — Gʻuzor sh.

T a b i a t i . Gʻ. t. Qashqadaryo viloyatining jan.-sharqida, Qashqadaryoning oʻrta oqimida. Gʻuzordaryo hav-zasi, Gʻuzor adirlari va togʻ oldi qiya tekisliklarida joylashgan. Hisor togʻlarining eng chekka jan.-gʻarbidagi tarmoqlari boʻlgan Langar — qorael togʻlarining oʻrtacha bal. 800 — 850 m. Pachkamar suv ombori sohillaridagi bu past togʻlar shim.-sharkdan jan.-gʻarbga yoʻnalgan, yon bagʻirlari yassi boʻlib, mutlaq bal. 430—750 m boʻlgan Gʻuzor adirlariga tutashib ketgan. Adirlar zamini toʻrtlamchi davr lyossimon jinslari bilan qoplangan, osti shagʻal va konglomerat qatlamlaridan tashkil topgan.

Gʻuzor tumani va unga tutash Qamashi, Qarshi va Nishon tumanlari doirasida katta zaxiraga ega boʻlgan gazli va gaz kondensatli yotqiziqlar Oʻzbekistondagi 5 ta neftgazli regionning eng boy Hisor oldi hududini tashkil etadi.

Shoʻrtan gaz i. ch. va «Shoʻrtangazkimyo» majmualarining barpo etilishi bilan ularni sel xavfidan muhofaza etish maqsadida tumanning jan.-gʻarbida ixotazorlar, 10 ming ga yerda «Shoʻrtangazkimyo» ga qarashli maxsus oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilingan. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik t-ra 16°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 1,9°, eng past t-ra —23°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26,6°, eng yuqori t-ra 46°. Oʻrtacha yillik yogʻin 285 mm. Yogʻinning asosiy qismi bahor va qish fasllarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 272 kun. Tumanning shim. chekkasidan Qashqadaryo oqib oʻtadi. Shuningdek, Gʻuzordaryo va uning irmoqlari — Katta Oʻra-daryo va Kichik Oʻradaryodir. Tuman hududida Pachkamar suv ombori qurilgan. Tuproqlari och va tipik boʻz tuproklar. Yovvoyi oʻsimliklardan tekisliklarda, asosan, qoramashoq, qoʻngʻirbosh, qorashoʻra, chalov, noʻxa-tak, istaran, kovrak, yantoq, yulgʻun, togʻli qismida naʼmatak, doʻlana va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, quyon, kiyik, chiyaboʻri, parrandalardan chumchuq, qargʻa, beda-na, kaklik, chil, kalxat, burgut; kemiruvchilardan sichqon, kalamush; sudralib yuruvchilardan turli zaharli va zaharsiz ilonlar, echkemar, kal-takesaklar, suv havzalarida sazan, laqqa, qorabaliqlar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 56 kishi. Shahar aholisi 22,3 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishi (2005).

X oʻ j a l i g i . Tumanda 56 sanoat, qurilish korxonasi bor, shulardan yiriklari: paxta tozalash, taʼmirlash, q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, taʼmirlash-qurilish, «Shoʻr-tangaz» unitar-shoʻba, «Shoʻrtangaz-kimyo» sanoat korxonalaridir. Sav-do, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping, dehqon bozori bor. Gʻuzor tumanida 1500 ga yaqin fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman q. x., asosan, paxtachilik, gʻallachilikka ixtisoslashgan, qoʻychilik (jumladan, qorakoʻl qoʻylari), qoramolchilik, parrandachilik ham rivojlangan. Yiliga qariyb 13 ming qorakoʻl teri tayyorlanadi. Tumandagi ekin maydonlarining 12,3 ming ga yeriga paxta, 26,7 ming ga yeriga don, shuningdek, sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,9 ming qoramol, 259 ming qoʻy va echki, 55 ming parranda, 1,2 ming yilqi boqiladi (2003).

77 umumiy taʼlim maktabi (40 mingdan ziyod oʻquvchi), 3 litsey va 3 kasbhunar kolleji (jami 1700 oʻquv-chi) bor. 37 kutubxona, 12 klub muas-sasasi, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, feld-sher-akusherlik, qishloq vrachlik punktlari va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan Toshguzar — BoysunQumqoʻrgʻon t. y. oʻtkazilmoqda. Qarshi — kitob t. y., uning Shoʻrtanga boruvchi 15 km ga yaqin tarmogʻi, ToshkentTermiz avtomagistra-lining bir qismi, Qarshi — Gʻuzor, Shahrisabz — Qarshi va b. yoʻnalishlar boʻyicha avtomo-bil yoʻllari oʻtkazilgan. Gʻuzor sh. dan Qarshi sh. ga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Latif Erdonov, Abdulyaa Mamatov.

Ensiklopediya.uz
GʻUZOR TUMANI