GʻURAK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻURAK haqida malumot bilib oling.

GʻURAK, Gurek (7-a. oxiri — taxm. 737) — Sugʻd ixshidi (podshosi) (710—737) va arablarga qarshi koʻta-rilgan qoʻzgʻolon rahbari. Tarxunsh birodari. Qutayba ibn Muslim ra. h-barligidagi arab qoʻshini bilan Katta-qoʻrgʻon yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sugʻdiylar Samarqandga chekinishga majbur boʻlishgan. Gʻurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Fargʻona ixshidiga elchilar yuborib, yordam soʻragan. Ammo Qutayba Gʻurakka yordamga kelayotgan turk xoqonining qoʻshiniga qoʻqqisdan hujum qilib tor-mor keltirgan va Samarqandni qamal qilgan. Bir oylik qamaldan soʻng Samarqand taslim boʻlgan. Gʻurak bilan Qutayba oʻrtasida sulhtuzilgan. Unga koʻra, Gʻurak arablarga bir yoʻla 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida xiroj toʻlashi, 30 ming nafar odam beri-shi, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni boʻshatib, unda minbari bilan masjid bino qili-shi, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim boʻlgan. Bularning evaziga Qutayba Gʻurakni samarqand, Kesh va Nahshabga hokim etib tayinlaydi. Shunday qilib, u arablarga mute noib boʻlib qoladi. 720-y. Sugʻd aholisi arab istilochilariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan, unga Gʻurak va Panjikent hokimi Devashshich boshchilik qilgan. Gʻurak Xitoy imperatoriga xat yozib harbiy yordam soʻragan, biroq yordam kelmagan. Xuroson noibi Saʼid Xarashiy bosh boʻlgan arablar qoʻshini qoʻzgʻolonni bostirish uchun koʻp kuch sarflagan. Saʼid Xarashiyning qoʻzgʻolonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gʻurak boshliq sugʻd zodagonlarining bir qismi arablar tomonga oʻtgan. Kuchlar boʻlinib ketgach, Xoʻjanddagi jangda qoʻzgolon-chilar yengilgan. Sulh tuzilgach, katta mablagʻ evaziga omon qolgan. 400 sav-dogardan tashqari, deyarli barcha qoʻzgʻolonchilar xiyonatkorona qirib tashlangan. Taxminlarga koʻra, Gʻurak arablarga qarshi yurishlarning birida halok boʻlgan.

Manba: Istoriya atTabari, T., 1987. Ad.: Samarqand tarixi, 1-j., T.. 1971.

Mahfuza Alimova.

Ensiklopediya.uz
GʻURAK