GʻUNAJIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻUNAJIN haqida malumot bilib oling.

GʻUNAJIN — 2 yoshdan oshgan urgʻochi qoramol. Tanalar zoti va oʻsishiga qarab birinchi bor qochirishga qoʻyiladi va boʻgʻozlik muddati 6 oyga yetganda Gʻunajin guruhiga kiritiladi. Gʻunajinlar boʻgʻozlik davrida toʻyimli va sifatli ozuqalar, makro – va mikro-elementlar, mineral ozuqali qoʻshimchalar bilan boqiladi va parvarishlanadi. Qishki yoki yozgi ratsion toʻyimliligi 8,5—9 ozuqa birligiga, quruq modda 8 — 10 kg, hazm boʻladigan protein 800—900 g ga yetkaziladi. Bunday parvarish Gʻunajinning sogʻlom oʻsishi va homilaning normal rivojlanishini taʼminlaydi. Tugʻishiga 10 kun qolganda ratsiondagi shirali va konsentrat ozuqalar miqdori 50% ga kamaytiriladi, tugʻishi nazoratga olinadi hamda uning buzoqlashida birinchi yordam koʻrsatiladi.

Ensiklopediya.uz
GʻUNAJIN