GʻULOMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻULOMIYA haqida malumot bilib oling.

«GʻULOMIYA»Oktyabr toʻntarishigacha Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan bosmaxona. 1889-y. Gʻulom Hasan Orifjonov tomonidan dastlab muqovaxona, 1908-y. toshbosmaxona ochilgan. Gʻ. H. Orifjonov oʻzi ham oʻzbek klassiklari asarlarini keng yoyish va xattotlik sanʼati anʼanalarini taraqqiy ettirish tarafdori boʻlgan, xattotlik qilgan.

«Gʻulomiya»da bosilib chiqqan dastlabki kitoblardan biri Firdavsiyning «Shohnoma»si boʻlgan («Shohnomai Firdavsiy»). Soʻng Navoiy «Devon»i, Fuzuliy «Gʻazaliyot»i, Muqimiy «Bayoz»i, shuningdek, «Haftiyak», «Soʻfi Olloyor», «Chor kitob», «Qurʼ-on», «Nodir ul-meʼroj», «Tasʼhih ul-imomiy» kabi turli mazmundagi kitoblar ham bosilib chiqqan. «Gʻulomiya» nashrlari adadi 2—3 ming nusxa atrofida boʻlgan. Bu yerda jami yuzdan ortiq kitob va risolalar chop etilgan. «Gʻulomiya» Turkistonda toshbosma kalligrafiyasining rivojlanishida muhim rol oʻynagan.

Ensiklopediya.uz
GʻULOMIYA