GʻULJA haqida malumot bilib oling.
GʻULJA, Qulja, Inin — XXRning shim. garbiy qismidagi shahar. SinszyanUygʻur muxtor r-nida, Ili-Qozoq muxtor viloyatining markazi. Ili daryosi vodiysidagi muhim iqtisodiy markaz. Aholisi 250 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Q. x. rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, muzey mavjud. Chorvachilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidagi konlardan uran, volfram va b. rangli metall rudalari, asbest va grafit qazib olinadi. Shahar atrofida mevali bogʻlar barpo qilingan. Shahar yangi va eski qismdan iborat: anʼanaviy hovlilardan iborat va koʻchalari chiroqsiz boʻlgan mahallalar b-n bir qatorda yangi zamonaviy va koʻp qavatli imoratlar koʻp qurilgan. Turizm markazlaridan.
Shahar oʻrnida qadimda lama ibodatxonasi boʻlgan. Gʻulja toponimining etimologiyasi ham shu ibodatxona nomi bilan bogʻliq. Biroqmahalliy xalq oʻrtasida saqlanib qolgan maʼlumotlarga koʻra, Gʻulja — arxar soʻzining qad. turkiy nomidir. Shaharda 2400 — 2500-y. muqaddam misdan yasalgan arxar haykali topilgan. Bu esa Gʻulja topo-nimining tarixi mil. av. 5-a. ga borib taqalishini koʻrsatmokda. Gʻulja va uning atrofida topilgan 3 ming yillik tarixga ega arxeologik buyumlar (oltin va misdan yasalgan hayvon va odamlar haykalchalari, mai-shiy buyumlar va b.), 2400-yillik tarixga ega mis koni shahar nisba-tan yosh boʻlsa-da, bu yerda qadimdan rivojlangan madaniyat mavjud boʻlganini koʻrsatadi. Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoy hukmdorligi davrida shaharda hunarmandchilik rivojlandi. Jungʻariya xonligi davrida (1635 — 1755) xon oʻrdasi Gʻuljaga yaqin yerda joylashgan. Manchjurlarning Sin imperiyasi Gʻuljada Sharqiy Turkistonni boshqargan oʻz harbiy qoʻmondoni va qoʻshinlarini joylashtirgan. Oʻsha davrda Gʻulja atrofida 6 qalʼa qurilgan. 18-a. da shahar, ayniqsa, rivojlandi. 1933-y. gi «uch viloyat (Ili, Tarbagʻa-toy, Oltoy) inqilobi» davrida Gʻulja hukumat markazi edi.
Ensiklopediya.uz
GʻULJA