GʻIZOLLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻIZOLLAR haqida malumot bilib oling.

GʻIZOLLAR, ohular — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugi. Uz. 85—170 sm, yagʻrinidan bal. 50—110 sm, shoxi erkagi va urgʻochisida (jayranning urgʻochisi shoxsiz) lirasimon, uz. 25 — 80 sm. 12 (boshqa maʼlumotga qaraganda 27 ga yaqin) turi bor. Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Markaziy, Oʻrta va Jan. Osiyoda tarqalgan. Choʻl, dasht, oʻrmon-dasht, tekislik va togʻli hududlarda (3.5 ming m balandlikkacha) yashaydi. Oʻzbekistonda 1 turjayran tarqalgan. Gʻizollar soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
GʻIZOLLAR