GʻIZO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻIZO haqida malumot bilib oling.

GʻIZO, Al-Gʻizo, Gʻizah — Misrdagi shahar, Nil daryosi sohilida, Qohira sh. yaqinida joylashgan. Gʻizo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,2 mln. kishi (1996). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Mamlakatning muhim savdo (asosan, gʻalla savdo-si) markazi. Tamaki, radiotexnika va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Shahardan jan.-gʻarbda dunyoga mashhur qad. Misr ehromlari — Xeops (bal. 146,6 m), Xefren, Mikerin, shuningdek, Katta Sfinks (hammasi mil. av. 3-ming yillikning 1-yarmi) saqlangan. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
GʻIZO