GʻIRA-SHIRA haqida malumot bilib oling.
GʻIRA-SHIRA — erta tong yoki shomda narsalar aniq koʻrinmaydigan («gʻira-shira koʻrinadigan») payt. Quyosh chiqishidan bir oz oldinroq yoki quyosh botishidan bir oz keyinroq yuz beradi. Gʻ.-sh. optik hodisa hisoblanadi. Havo ochiq paytlarda Gʻ.-sh. paytida osmon gumbazi chetida bilinar bilinmas shafaq paydo boʻladi va kuchsizgina nur sochadi. Gʻ.-sh. ning davomiyligi joyning geografik kengligiga bogʻliq: ek-vatorga yaqinlashgan sari Gʻ.-sh. vaqti qisqarib boradi.
Amaliy maqsadlar uchun Gʻ.-sh. 3 davrga boʻlingan: fuqaro, navigatsiya va astronomiya Gʻ.-sh. ligi davrlari. Fuqaro Gʻ.-sh. ligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 7° dan oshmaydi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan baʼzi ishlarni bajarish (mas, kitob oʻqish) mumkin. Navi-gatsiya Gʻ.-sh. ligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 12° gacha boʻladi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan hech narsa qilib boʻlmaydi. Astrono-m i ya Gʻ.-sh. ligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 18° gachani tashkil qiladi. Bunday paytda yer yuziga butunlay qorongʻilik tushib, Gʻ.-sh. lik xiyol bilinib turadi. Meteorlar va vulkanik hodisalar bilan bogʻliq baʼzi oʻzgarishlar tufayli atmosferaning yuqori qatlamlarida yuz berib turadigan xiralashish yoki yorugʻlashish tufayli Gʻ.-sh. ning yuqorida aytilgan xususiyatlari bir oz oʻzgarishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
GʻIRA-SHIRA