GʻASSONIYLAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻASSONIYLAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

GʻASSONIYLAR DAVLATI — Yaqin Sharqdagi ilk oʻrta asr davlati (5-a. oxiri — 7-a. boshi). Jan. Suriya va Iordaniya hududlarini qamrab olgan. Arablarning gʻasson qabilasidan chiq-qan gʻassoniylar sulolasi tomonidan asos solingan. Gʻassoniylar davlati 6-a. da kuchaygan. Vizantiya Suriya va Falastinni Eronga tobe boʻlgan arablar chopqunidan mudofaa etish uchun gʻassoniy al-Horis ibn Jabal (529— 564) ni Suriya va Falastin arablarining oliy hukmdori deb tan olgan va unga patrikiy unvonini bergan. Al-Horis Vizantiyaning Eron bilan boʻlgan urushlarida ishtirok etgan. Gʻassoniylar davlati al-Horisning oʻgʻli — al-Munzir davrida (569—581) yanada kuchaygan. Bundan Vizantiya xavotirga tushib, 581-y. al-Munzirni xiyonatda ayblab, uni qoʻlga olgan va Sitsiliyaga surgun qilgan. 7-a. boshigacha Gʻassoniylar ayrim vohachar va qabilalar ustidan hukmronlik qilganlar, soʻng gʻassoniylardan biri — Jabal ibn al-Ayxam Gʻassoniylar davlatini tiklashga muvaffaq boʻlgan. Gʻassoniylar davlatida yuksak dehqonchilik madaniyatiga ega boʻlgan vohalar aholisi muhim mavqega ega edi. Gʻassoniylar davlatida monofisiylik diniy eʼtiqodi tarqalgan. Gʻassoniylar davlati 633—640-y. larga qadar mavjud boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
GʻASSONIYLAR DAVLATI