GʻALLABANK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻALLABANK haqida malumot bilib oling.

«GʻALLABANK» — Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik tijorat banki. 1994-y. avg. da tashkil etilgan. Boshqa-ruvi Toshkent sh. da. Bankning asosiy yirik aksiyadorlari: «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi (32,5%), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (25,0%), Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (12,5%), «Paxtabank» (12,5%), shuningdek, don mahsulotlari hududiy (viloyat) aksiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari va b. Aksiyadorlari soni 5263 ta, ulardan 3 mingdan ortigʻi jismoniy shaxslar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 mintaqaviy (viloyat) filiali, 18 ta tuman filiallari va 68 ta mini banki, 141 ta jam-gʻarma shoxobchalari mavjud (2005). Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — gʻalla va boshokli don mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlariga, un va non sanoati korxonalariga bank xizmatlari koʻrsatish, shu tarmoklarga chet el investitsiyalarini, ilgʻor texnologiyalarini jalb qilish, mamlakat don va un mahsulotlari eksportini rivojlantirishga, respublikaning gʻalla mustaqilli-giga erishishiga yordam koʻrsatish va b. dan iborat. Bank 1994-y. noyabrdan boshlab chet el valyu-tasida bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsen-ziyaga ega, 1996-y. dan qimmatli qogʻozlar bozorida ishtirok etadi. «Toshkent» fond birjasida oʻz bro-kerlik idorasini ochgan. 1999-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan q. x. mahsulotlari hisob-kitob jamgʻarmasining moliyaviy agenti sifatida faoliyat olib boradi. Loyihalarni moliyaviy taʼminlash va korporativ mijozlar bilan birga chakana mijozlarga ham barcha bank xizmatlarini koʻrsatadigan universal tijorat banki hisoblanadi. Aholiga valyuta ayirboshlash sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha 70 ta shoxobchaga ega (shundan 20 tasi Toshkent sh. da).

Bank Xalqaro tiklanish va taraskiyot bankining «Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash» loy-ihasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Bank dehqon va fermer xoʻjaliklariga minitexnologiyalar olish uchun moliyaviy lizing xizmatlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish, eksportbop yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar i. ch. boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va b. yoʻnalishlarda ham xizmatlar koʻrsatadi.

2005-y. da turli mulkchilik shakllaridagi 58,0 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatdi (2001-y. da 23927 ta mijozga xizmat koʻrsatgan). Bankning (mln. soʻm) ustav kapitali – 4958,1 (1994-y. da 8,0 mln. soʻm boʻlgan); jami aktivlari — 100918,9; jami kapitali — 16258,2; jami kre-dit qoʻyilmalari — 56111,5; kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar — 6225,4; sof foyda (balans boʻyicha) — 2616,5 (2005, 1 yanv.).

Ikromjon Oʻrinboyev.

Ensiklopediya.uz
GʻALLABANK