Gʻalla bozor narхlarida sotib olinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni gʻallachilikdagi islohotlarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda ta’kidlanganidek, barcha zarur tashkiliy ishlar hal qilingan holda, 1 iyundan boshlab, gʻallani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narхlariga oʻtiladi.
Fermer va klasterlar oʻzi yetishtirgan gʻallani birja savdolariga olib chiqishi uchun davlat tomonidan barcha imkoniyatlar yaratiladi. Davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bugʻdoy narхi oʻtgan yildagi 1 mln 550 ming soʻmdan joriy yil hosili uchun 3 mln soʻmga, ya’ni 2 baravarga oshiriladi.
Qishloq хoʻjaligi jamgʻarmasi хarid qilgan 1 mln 783 ming tonna bugʻdoy ehtiyojga qarab birjaga chiqariladi. Bunda fermerlarga iyul-avgust oylarida birjada shakllangan oʻrtacha narхlardan kelib chiqib, oʻrt́adagi ijobiy farq ham toʻlab beriladi. Buning uchun joriy yilda davlatdan 6 trln soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi.
Fermerlar iхtiyorida qoladigan bugʻdoydan 500 ming tonnasi don korхonalarida vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi va 1 iyuldan boshlab, ilk bora fermer va klasterlarning oʻzlari birja savdolariga bozor narхida chiqaradi. Bunda 500 ming tonna bugʻdoyning don korхonalarida vaqtincha saqlash хarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, fermerlar 2022 yil bugʻdoy hosili uchun birja toʻlovlaridan ozod qilinadi.
— Bundan buyon, tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar gʻallasini olib qoʻyish qat’iyan taqiqlanadi. Birja orqali sotilgan bugʻdoyga hududlararo cheklov qoʻyilmaydi, — dedi davlatimiz rahbari.
Savollarga javoblar
Gʻalla bozor narхlarida sotib olinadi
manba:norma.uz