FUZULIY Muhammad Sulaymon

FUZULIY Muhammad Sulaymon

FUZULIY Muhammad Sulaymon (1498 Karbalo sh., Iroq 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayet kabilasidan boʻlib, 15-a. oxirlarida Ozarbayjondan Bagʻdodga koʻchib borgan. Bagʻdod madrasalarida tahsil olib, oʻzi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bagʻdodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil 1 Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon 1 Qonuniy shoirni moddiy jihatdan bir oz taʼminlab turganlar. Lekin uning turmushi koʻp vaqt qiyinchilikda va kambagʻalchilikda oʻtgan. Iroqning Bagʻdod, Hilla, Najaf kabi shaharlarida bir qancha muddat yashagan Fuzuliy ona shahri Karbaloga qaytib, shu yerda vabo kasalidan vafot etgan.

Ensiklopediya.uz
FUZULIY Muhammad Sulaymon