FUZARIOZLAR

FUZARIOZLAR

FUZARIOZLAR — Fusarium avlodiga mansub takomillashmagan zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Tuproqda va oʻsimlik qoldigʻida saqlangan zamburugʻ oʻsimlikka ildiz tizimi va poyaning pastki qismi orqali kiradi. Zararlangan urugʻ va koʻchatlar ham kasallik manbai boʻlishi mumkin. Ingichka tolali gʻoʻza (fuzarioz vilt), kanop, karam, qovoq, mosh, loviya, noʻxat, kartoshka, pomidor, baqlajon va b. ekinlarning Fuzariozlari, galla ekinlari va dukkakli don ekinlarini zararlaydigan fuzariozli ildiz chirishi, donli ekinlar boshoqlari Fuzariozlari, makkajoʻxori soʻtasi Fuzariozlari, kuzgi bugʻdoy, javdar, koʻp yillik qoʻngʻirbosh oʻtlar Fuzariozlar yoki oq mogʻori ayniqsa xavfli.

Ensiklopediya.uz
FUZARIOZLAR