FUTBOL

FUTBOL

FUTBOL (ing. foot — oyoq, ball — toʻp) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32×2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45 — 90) da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uz. 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min. dan 2 boʻlim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

Ensiklopediya.uz
FUTBOL