Furqat Fayziyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Furqat Fayziyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Furqat Fayziyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Furqat Fayziyev 1968 yil 7 may sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U xalqimizga tanigan marhum rejissyor 
Latif Fayziyevning eng kichik farzandi hisoblanadi.
 
Furqat Fayziyev bolaligida otasi suratga olgan filmlarda epizodik rollarda ishtirok etib yurgan hamda shu orqali kinoga kirib kelgan. Maktabni tamomlagach O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Rossiya davlat kinomatrafiya oliygohining kinorejissiyorlik bo’limida tahsil olgan.
 
Furqat Fayziyev kinodagi faoliyatini,  1982 va 1984 yilda suratga olingan «Dahoning yoshligi» hamda «Vodillik kelin» filmlaridagi ishtiroki bilan boshlagan.
Bu aktyor ko’pchilik tomoshabinlarga,  o’sha mashxur «Shaytanat» filmidagi  «hosilboyvachcha» obrazi bilan tanilgan.
Bugungi kungacha Furqat Fayziyev 80 dan oshiq filmlarda suratga tushgan, shuningdek   senarist va rejissyor sifatida ham o’ndan oshiq filmlar yaratgan. Bulardan tashqari u, otasi Latif Fayziyev tashkil etgan «Fayzi Sinema» nomli kinostudiyada bir necha yil badiiy rahbarlik qilgan. 
 
Aktyorning shaxsiy hayoti haqida:  Furqat Fayziyev ikki marta uylangan,  birinchi turmushidan bir o’g’il farzandi bor. 
Hozirgi turmush o’rtog’i Janar Sabitova ismli Qozog’istonlik kampazitir bo’lib, bu ayol bilan 2013 yilda oila qurgan.
 
Bugungi kunda 51 yoshda bo’lgan Furqat Fayziyev o’zinig aktyorlik va rejissyorlik faoliyatlarini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.
Furqat Fayziyev Biografiyasi
Furqat Fayziyev Biografiyasi

Furqat Fayziyev haqida, instagram, oilasi, rasmlari