Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati to’liq malumot oling
Biometrik harakatlanish hujjati — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.
► Harakatlanish hujjati olish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun o‘zi doimiy ro‘yxatda turadigan joydagi ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati 5 yil muddatga beriladi.
Bir yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati 2 yil muddatga beriladi.
Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni ichki ishlar organlariga topshirishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish hujjati 10 ish kuni mobaynida, xorijda — 15 ish kuni mobaynida beriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga etmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga etmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin.
16 yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati ularning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, harakatlanish hujjati berish haqida ariza bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga beriladi.
Harakatlanish hujjati
amal qilish muddati tugaganida;
harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
egasi biror-bir davlat fuqaroligini qabul qilganida;
uni rasmiylashtirish chog‘ida ataylab yolg‘on ma’lumotlar taqdim qilinganida o‘z kuchini yo‘qotadi.
Foydali Maslahatlar
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati