FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR, apatridlar — muayyan mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar. Shaxs oʻz fuqaroligini yoʻqotgan va yangidan fuqarolik huquqini olmagan vaktda fuqarosizlik kelib chiqadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soni koʻpayganligi tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan bir qancha xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (mas, Fuqarosizlikni kamaytirish toʻgʻrisidagi 1961-y. gi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi toʻgʻrisidagi 1957-y. gi konvensiya).

Ensiklopediya.uz
FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR