FUQARO AVIATSIYASI
FUQARO AVIATSIYASI — xalq xoʻjaligi sohasi; havo yoʻllari orqali yoʻlovchi, yuk, pochta tashish, q. x. da va oʻrmonchilik sanoatida, geol. kidiruv ishlari, baliq ovlash, turli sanoat obyektlarini qurishda, joylarni aerofotosuratga olish, tibbiysanitariya xizmatida va b. maqsadlarda foydalaniladi. Fuqaro aviatsiyasi tarkibida zamonaviy samolyotlar va vertolyotlar parki, texnika inshootlari tizimiga ega boʻlgan havo yoʻllari tarmokdari, aeroportlar, aerodromlar, radio va meteostansiyalar, z-dlar va taʼmirlashtexnika bazasi, i. t. muassasala^i, oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Uzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi tarixi 1924-y. 12-mayda Toshkent — Avliyoota (Taroz) — Pishpek (Bishkek) — Olmaota havo yoʻlida dastlabki yoʻlovchilarni tashishdan boshlanadi (q. Aviatsiya, «Oʻzbekiston havo yoʻmari» milliy aviatsiya kompaniyasi, Havo transporti).
Ensiklopediya.uz
FUQARO AVIATSIYASI