FUOD KOʻPRULU

FUOD KOʻPRULU

FUOD KOʻPRULU (Fuat Koprulu) , Mehmet Fuod Koʻpruluzoda (1890.4.12, Istanbul — 1966.28.6) — turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi. Istanbul un-ti prof. (1913). Turkiya tashqi ishlar vaziri (1950; 1956). Heydelberg (1927), Sorbonna (1937), Afina (1938) va b. koʻplab un-tlarning faxriy dri. Istanbul huquq maktabini tutatgan. «Shayx Gʻolibga» (1908) sheʼri b-n tanilgan, 28 yoshidan boshlab Istanbul un-tining adabiyot ftida (1913—43), shuningdek, Turkiyaning boshqa oliy oʻquv yurtlarida turk adabiyoti tarixi, madaniyat tarixi, ilohiyot tarixi va b. fanlardan dare bergan. Turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyati tarixi boʻyicha fundamental tadqiqotlar yaratgan. Turkiyada zamonaviy adabiyotshunoslik faniga asos solgan. «Burungi adabiyot» (1924), «Milliy adabiyot tarixining ilk mubashshirlari va Devoni turkiyi basit», «Turk adabiyoti tarixi» (1928), «Baxshi, turk tili va adabiyoti haqida tadqiqotlar» (1934), «Yangi usmonli adabiyot tarixi» (1935), «Alisher Navoiy» (1941) kabi 20 dan ziyod monografiyalar eʼlon qilgan, «Turk xalq shoirlari» (1939; 1940; 1962) antologiyasini tuzgan. Fuod Koʻprulu Oʻrta Osiyo xalklari adabiyoti, tili va madaniyati tarixiga, ayniqsa Yassaviy, Boqirgʻoniy, Navoiy, Bobur va b. shoirlar ijodiga, folklor asarlariga bagʻishlangan 500 dan ziyod maqolalar muallifi. Fuod Koʻpruluning tasavvuf adabiyoti namoyandalariga bagʻishlangan «Turk adabiyotida ilk mutasavviflar» (1919) asari 8-marta nashr etilgan. Fuod Koʻprulu Yassaviy izdoshlaridan Sulton Ahmad Haziniy (16-a.) haqida ilk marotaba maʼlumot bergan. V. Bartoldning «Islom madaniyati tarixi» kitobini turk tilida nashrga tayyorlagan. Ayrim maqolalari oʻzbek tilida chop etilgan.

Ensiklopediya.uz
FUOD KOʻPRULU