Funksiyada Out parametri
Biz shu vaqtgacha funksiya bilan ishlash davomida bir nechta parametrlar orqali biror qiymatni topish va undan foydalanishni ko’rdik. Lekin biz bitta funksiya bir emas, bir nechta qiymatni aniqlashi kerak bo’lib qolsa nima qilamiz? Misol uchun kvadratning tomoni yordamida uning yuzasini, peremetrini va ichki chizilgan aylana radiusini hisoblaydigan funksiya yaratishimiz kerak. Buni odatiy holda har biri uchun alohida funksiya yozib chiqishimiz kerak. Lekin out yordamida buning hammasi oson bo’lib qoladi!!!
Demak out parametrli o’zgaruvchi oldidan ‘out’ kalit so’zi ishlatiladi.
Yuqoridagi misolda funksiyani chaqirgandan keyin yuza , peremetr va radiusning qiymatidan foydanishimiz mumkin va ular oldindan qiymatga ega bo’lishi shart emas!
Endi esa konsol oynada ushbu funksiyani chaqirib ko’ramiz.
Funksiyaning out parametri orqali e’lon qilingan o’zgaruvchini funksiya ichida o’zgartirishimiz mumkin va funksiya tashqarisida ham bu o’zgarish saqlanib qoladi. Funksiyada odatiy e’lon qilingan o’zgaruvchilarda esa bu hodisa ro’y bermaydi.
Va shuningdek bu imkoniyatlar ref kalit so’zida ham mavjud, lekin unda o’zgaruvchining dastlabki qiymati aniq berilishi shart.
Dasturlash
Funksiyada Out parametri