FUKE

FUKE

FUKE (Fouquet) Jan (taxm. 1420 Tur — 1481.8.11) — fransuz rassomi, Fransiyada Ilk Uygʻonish davri sanʼati asoschilaridan. 1440—45 y. lar Parijda yashagan. 1445—47 y. lar orasida Rimda boʻlgan (A. Filaretedan emal texnikasini, L. Alberti asarlarini oʻrgangan), Mazachcho va F. Anjelikolardan ilhomlangan. 1475-y. dan qirol saroyida rassom. F. ning diniy va tarixiy mavzudagi kitob miniatyuralarida voqealar real tasvirlangan, asarlari mayin koloriti, mahorat bilan qoʻllangan perspektivasi bilan ajralib turadi («Katta fransuz xronikalari», J. Bokkachchoning «Taniqli erkak va ayollar hayoti», fransuz tilida, 1458). Fuke yaratgan portretlar oʻta hayotiyligi bilan ajralib turadi (Karl VII; kansler G. Jyuvanel dez Yursen va b.). Shuningdek, Fuke nafis koloriti va rasmi bilan ajralib turuvchi diniy kompozitsiyalar («Madonna goʻdak bn» diptixining chap boʻlagi, taxm. 1451, Nafis sanʼatlar qirollik muzeyida, Antverpen va b.) muallifi hamdir.

Ensiklopediya.uz
FUKE