Frontend, Backend, API nima? to’liq malumot oling
Frontend, Backend, API nima? Osonroq qilib tushuntirishga harakat qilaman.
Frontend bu — dasturnining oldi qismi, ya’ni ko’rinishini belgilab beruvchi, user’larning foydalanadigan qismi. Saytning interfeysi, button (knopkalari) frontend hisoblanadi.
Backend bu — dasturning orqa qismi, ya’ni ma’lumotlarni ishlab chiqadigan, xavfsizlikga javob beradigan, to’liq datalar bilan ishlaydigan, user’ga ko’rinmaydigan barcha jarayonni tashkil qiladigan, saytning orqa qismi.
API bu — shu ikkalasining o’rtasida ma’lumot tashuvchi bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni, frontend API’dan foydalangan holda backend’ga so’rov yuboradi va backend ham API orqali frontend so’roviga javob beradi.
Yana ham tushunarliroq bo’lishi uchun misol keltiraman:
Tasavvur qiling, biror bir restoranga kirdingiz. Restoranning tuzilishi, stol-stullar, stol ustidagi mahsulotlar, ko’zingizga ko’rinadigan barcha narsa frontend hisoblanadi.
Keyin siz ofitsiantni chaqirasiz va buyurtma berasiz. Ofitsiant esa buyurtmani oshxonaga olib borib beradi. Oshxonada buyurtmangizni tayyorlashadi, ba’zi mahsulotlarni sklad’dan olib chiqishadi, biroq siz buni guvohi bo’lmaysiz, bu jarayonda oshxona backend, sklad esa database hisoblanadi.
Tabiiy-ki siz bu yerda dasturning useri bo’lsangiz, user, frontend va backend o’rtasida xizmat qilayotgan ofitsiant esa API hisoblanadi.
👉 @ITStarsUz
Boshqa mavzular
API nima?, Backend, Frontend