FRITTLAR
FRITTLAR (ital. fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, pyx, marganes, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikrooʻgʻit. Taʼsir etuvchi moddalar miqdori Frittlar tayyorlash texnologiyasiga bogʻliq. Koʻproq konsentrlangan borli Frittlarda 6% gacha, misli Frittlarda 15,2% gacha, ruxli Frittlarda 19% gacha, marganesli Frittlarda 26% gacha, molibdenli F. da 4,5% gacha mikroelement boʻladi. Frittlar oʻsimliklar mikroelementlar bilan bir tekisda ozikdanadigan manbadir. Frittlar tuprokda sekin eriydi (nordon muhitda tezroq), mikroelementlar yuvilib ketmasligi sababli oʻsimliklar bir necha yil davomida oʻzlashtiradi. Frittlar oʻsimlik oʻsishini, mahsulot sifatini yaxshllaydi, baʼzi fermentlar, mas, askorbinoksidaza, peroksidaza, polifenokendazalar faolligani oshiradi, barg toʻqimalarining oksidlanishini kamaytiradi. Juda maydalangan F. tuproqqa asosiy ishlov berishda yoki ekish paytida organik va mineral oʻgʻitlar bilan birga solinadi.
Ensiklopediya.uz
FRITTLAR