Frilansda ishlash: mojarolar va ularning sabablari

Frilansda ishlash: mojarolar va ularning sabablari

Dizayn, kopirayting, tahrir, mobilografiya sohasida frilansda ish oluvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqishi odatiy hol. Bu holat to‘lov jarayonida yuzaga keladi. Va bunga qanday yechim bor?

Avvalo 2 taraf qilishi kerak bo‘lgan ishlar bor

Frilanser nima qilishi kerak?

  • Avvalo ish nimaligini to‘liq tushunib oling. Nima yozasiz, mahsulot nima, aniq tasavvurga ega bo‘ling
  • Ishni topshirish muddati va kechikishlar uchun aniq kelishuv qiling
  • Ishni qabul qilgandan keyin bir necha bo‘lakka bo‘lib oling va o‘zingiz uchun alohida dedlayn qo‘yib oling
  • To‘lov masalasini aniq kelishib oling. Qachon, ishning qaysi qismida, jarimalar… Hammasini

Ish beruvchi nima qilishi kerak?

  • Avval test vazifa bering. Va ma’qul kelgan kopirayterni ishga oling
  • Unga ish bo‘yicha aniq va yetarli ma’lumot bilan vazifa bering
  • Ishni topshirish muddatini aniq kelishib oling

Ana endi hammasi joyida deb o‘ylasangiz, adashasiz

Mojaro endi boshlanadi

Ishning sifati

Eng avvalo ishni sifatini kim tekshiradi? Dizaynerning ishini dizayndan umuman xabari bo‘lmagan kishi tekshirishi noto‘g‘ri va boshqa o‘rinlarda ham tushunadigan odam tekshirishi kerak

Ish beruvchilarga

  • Agar ish siz istagan sifatda bo‘lmayaptimi? Aniq va to‘g‘ri fikr, mulohaza bering. Bu ham yordam bermasa, xodimni ishdan bo‘shating.
  • Ishni qabul qilib olganingizdan keyin kech bo‘ladi.

Frilanserlarga

  • ishni talablar bo‘yicha topshiring. Agar e’tirozlar o‘rinli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishni qayta qilib bering.
  • Ammo ishni qabul qilib olishganidan keyin har bir o‘zgartirish uchun haq olishingiz mumkin.

O‘zgaruvchan fikrlar

Ish beruvchilarga

agar loyiha bo‘yicha nimadir o‘zgarib qolsa, bu alohida ish. Ya’ni «Fikrimiz o‘zgarib qoldi, chuchvara emas, oshni reklama qilamiz» deyish holatida chuchvara uchun alohida, osh uchun alohida haq to‘lash kerak. Chunki chuchvara pishib bo‘lgan

Frilanserlarga

Ishni olayotganda mijozga e’tirozlar uchun limit qoldiring. «Har bitta o‘zgarish pulli» deyish xato. Qozonga endigina yog‘ solingan bo‘lsa, undan chuchvara ham, osh ham qilish mumkin.

Ikki tarafga ham: avvalo yechimni izlang. Bir-biringizni ayblamang. Aniq va o‘rinli fikrlar bilan o‘zaro murosaga keling. O‘zaro hurmat bilan xayrlashing

Tavsiya: bir martalik, ammo katta ishlar uchun albatta shartnoma tuzib ishlang. (200$ dan baland ishlar uchun)

Yuklab olish

Muallif: Nurbek Yuldoshev

Dasturlash, Koperayting
Frilansda ishlash: mojarolar va ularning sabablari